U C H I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I
D A R O M A D L A R I V A P U L M A B L A G ‘ L A R I H I S O B I
1. D A V L A T B U D J E T I D A R O M A D L A R I V A P U L M A B L A G 'L A R I
H I S O B I N I N G A H A M I Y A T I V A V A Z 1 F A L A R I
Davlat budjeti quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
1) rcspublika budjeti;
2) Qoraqalpog'iston Respublikasining
budjeti va mahalliy bud-
jetlar.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog'iston Respub
likasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog'iston)
bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyat tarkibiga kiruvehi
tumanlar va shaharlar budjetlarini o ‘z ichiga oladi.
Tumanlarga bo‘linadigan shahar budjeti shahar budjetini va shahar
tarkibiga kiruvehi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti
turnan budjeti va turnan tarkibiga kiruvehi shaharlar budjetlarini o‘z
ichiga oladi.
Demak, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti o ‘z ichiga
respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi
budjeti va mahalliy
budjetlami oladi. Bundan tashqari Davlat budjeti tarkibida Respublika
yo‘l fondi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining
maxsus hisobvarag'i, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat
fondi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya fondi
mablag'lari jamlanadi.
Davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘laming to‘g‘ri va o ‘z vaqtida
kirim qilinishini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 23402 «Respublika budjetining mablag'lari» hisobvarag'i
Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining
Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida budjet
daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
26
Davlat budjetining buxgalteri hisobi,
budjetga daromadlar tushumi
ustidan, har bir soliq to‘lovchi tomonidan budjetga to'lovlami o ‘tkazishi
ustidan tizimli nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi.
Budjet daromadlari asosan bank muassasalariga tushadi. Buxgalteriya
hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya organlari bank muassasalari
tomonidan daromadlar tushumlarini respublika budjeti va mahalliy
budjetlarga to‘g‘ri o'tkazayotganligini kuzatib boradi.
Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har
bir tuman yoki shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu
toiovlar qaysi budjetga va budjet tasnifining qaysi bo‘limiga to‘lovlar
o'tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning o ‘zida
bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari
va daromadlarining
taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy budjetlarga
qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi.
Moliya organlarida budjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya
organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa
soliq organlari olib boradi. Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat
mazkur budjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi
fimksiyalariga
barcha daromadlaming, qaysi budjetga kelib tushishidan
qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini
hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy
schyotlar olib boradi, budjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’lumotlarini
aniqlaydi. Budjet daromadlari turli hujjatlarga asosan budjet tasnifi bo‘yicha
hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming
to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit
hisobvarag‘i bo‘yieha bank muassasasining ko‘chirmasiga ilova qilingan
to‘lov hujjatlari, mazkur budjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun
asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Mahalliy moliya organi faqat mazkur budjetga tushgan daro
madlarinigina emas, balki respublika budjetiga o ‘tkaziluvchi daromadlarni
ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi budjetga
tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo‘yicha
ko'chirmalami ham mahalliy moliya organlariga jo'natadi.
Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan ko‘chirmani
bank muassasasi
moliya organiga har kuni, rcspublika budjetining
hisobvarag‘i ko‘chirmalarini esa-h ar hafta yoki undan uzoqroq muddat
oralig‘ida va har oyning 1-kuniga jo ‘natishga majburdir.
Moliya organining budjeti bo‘yicha buxgaltcriya xizmati bank
muassasasining mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan olgan
ko‘chirmalaming to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan
hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li orqali tekshiradi. So‘ng,
daromad turlari bo‘yicha
hujjatlami gumhlab, mahalliy budjet mablag‘lari
depozit hisobvarag'iga tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani
tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga budjet tasnifining
har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma
asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Bosh-
jumal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari bo‘yicha «Daromadlar»
kitobiga yoziladi. Bundan so‘ng to‘lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari
tegishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar toMovchilar bilan hisob-
kitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. Respublika budjetining shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirma to‘lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya
organiga kelib tushadi, so‘ng to'lovchilaming shaxsiy schyotlarida qayd
qilish uchun tegishli soliq organiga yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining oylik hisoboti
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida respublika budjeti da-
romadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I
D A R O M A D L A R 1 H I S O B I
Do'stlaringiz bilan baham: