iqtisodiy faoliyat turlari
2-rasm. 2017 yil uchun YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari
5
YaIM o‘sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko‘rsatdi va bu soha o‘tgan yilga
nisbatan 6,9 foizga oshgan. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 3,9 foizga
(YaIM tarkibidagi ulushi -11,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 8,9 %ga (11,0 %) va
boshqa xizmatlar 7,3 %ga (24,8 %) o‘sgan.
Sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 4,6 % ga o‘sgan va YaIM tarkibidagi ulushi 26,7
%ni tashkil etgan. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutlaq o‘sishi sur’atiga ijobiy ta’siri 1,1 %
punkt darajasida baholandi. Sanoat tarmog‘idagi o‘sish asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni
ishlash (114,6 %) va ishlab chiqaradigan sanoat (102,8 %) qo‘shilgan qiymatlarining o‘sishi
hisobiga ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |