G) Ruminiya davlatining turizm iqtisodiyoti Ruminiya qora dengiz qirg‘oq bo‘yi va tog‘ resurslariga boy mamlakat. Keyingi yillarda
Ruminiyada chet elga chiqish turizmi rivojlanib o‘sib bormoqda. Ruminiyaliklar Vengriya
(yiliga 9.0 mln. kishi). Bolgariya (yiliga 1.8 mln. kishi). va Turkiya (yiliga 500 ming kishi)
mamlakatlariga ko‘proq tashrif buyuradilar.
Revolyutsiyaga qadar bu mamlakatga hammasi bo‘lib. 4.5 mln.ga yaqin turistlar tashrif
buyurar edi.
Ruminiya Sharqiy Yevropada qora dengiz qirg‘oqlari bo‘yida dam olish va pekij turlarga
ega bo‘lgan yagona mamlakat hisoblanadi. Hozirgi kunda bu mamlakatga 6.5-7.0 mln.ga yaqin
xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Ularning aksariyati Sharqiy Yevropa. Rossiya va Vengriya
fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Rossiyadan yiliga 2.0-2.1 mln. turist. Vengriyadan esa 0.9-1.0 mln.
turistlar tashrif buyuradi. Xorijiy turistlarning 13%-15% gina Yevropaning boshqa
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.