Jahonda birinchi o’nlikda turadigan davlatlarga keladigan sayyohlar soni
33
(2000 yil holati)
t/r
Mamlakatlar
Sayyohlar
soni.
mln.kishi
Um.
jahondagi
ulushi
% hisobida
Jaxon bo’yicha jami:
697,6
100,0
1
Frantsiya
75,5
10.8
2
AQSH
50,9
7.3
3
Ispaniya
48,2
6,9
4
Italiya
41,2
5,9
5
Xitoy
31,2
4.5
6
Buyuk Britaniya
25,3
3,6
7
Rossiya
21.2
3,0
8
Meksika
20.6
3,0
9
Kanada
20,4
2,9
10
Germaniya
19,0
2,7
Jahon mamlakatlari ichidagi birinchi o’nlikda turadigan davlatlarda turizmdan
keladigan foyda
(2000 yil, mlrd. AQSH dollari hisobida)
t/r
Mamlakatlar nomi
Sayyohlikdan
keladigan foyda
Umumiy
jahondagi ulushi (%)
Jaxon bo’yicha jami:
423.1
100
1
AQSH
85,2
17,8
2
Ispaniya
31,0
6,5
3
Frantsiya
29,9
6,3
4
Italiya
27,4
5,7
5
Buyuk Britaniya
19,5
4,1
6
Germaniya
17,8
3,7
7
Xitoy
16,2
3,4
8
Avstriya
11,4
2,4
9
Kanada
10,0
2,0
10
Germaniya
9,3
1,9
jadval Butunjahon turistik tashkiloti
ma’lumotlari asosida tuzildi.
Yuqoridagi jadvallardan ma‘lum bo‘ladiki, xalqaro turizmdan eng yuqori daromad
bo‘yicha AQSH (85,2 mlrd. dol. – 17,8 foiz), sayyohlar soni jihatidan esa Frantsiya (75,5 mln.
kishi –10,8 foiz) ajralib turadi. SHuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha AQSH, Ispaniya,
Italiya, Buyuk Britaniya mamlakatlari ham ancha yuqori mavqega ega.
Xalqaro turizmning jahon miqyosida yil sayin o‘sib, foyda ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. SHu
bois, olimlar va mutaxassislar XXI asrni turizm asri bo‘lishini bashorat qilmoqdalar.
Turizm XX asrning oxiriga kelib murakkab tarmoqqa aylandi. CHunki, u xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlari, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, mexmonxona
xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish, sport va boshqa ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy omillar bilan
chambarchas bog‘liqdir (Lipets va boshqalar, 1999). 1970 yildan 1991 yilgacha o‘tgan davr
mobaynida jahondagi sayyohlar soni 160 mln. dan 525 mln. kishiga oshdi. 2000 yili sayohatga
chiqqan turistlar soni 698 mln. kishidan oshdi, ya‘ni shu yili dunyo aholisining 1/4 qismi
turizmda band bo‘lgan (Aleksandrova, 2002).
Бутунжаќон туристик ташкилоти (БТТ) 1975 йил ташкил этилган. Бу ташкилотга 30 дан ортиљ давлатлар
аъзо бњлиб, штаб квартираси Мадрид шаќрида жойлашган
34
Keyingi yillarda dunyo bo‘yicha turizm tarmog‘ida band bo‘lgan aholining soni yildan-
yilga oshib bormoqda. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, 2005 yilgacha bo‘lgan davrda butun jahonda
930 mln. kishini, ya‘ni yer yuzi aholisining16 foizini turizmga jalb etish mumkin. 1996 yilda
dunyoda mehnatga yaroqli aholidan 7 kishidan biri turizm sohasida ishlagan bo‘lsa, ayrim
davlatlarda 20 kishidan 15 tasini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Yevropada 300 mln., Shimoliy
va Markaziy Amerikada 98 mln., Osiyoda 95 mln. kishini tashkil etgan. Demak, aholi va uning
turizm sohasidagi bandligi turli mamlakatlarda turlicha. Bu avvalo shu davlatning iqtisodiy
geografik o‘rni va tarixiy rivojlanishi hamda tabiiy sharoitning qay darajaligi bilan bog‘liqdir.
Binobarin, turizm sohasidagiqo‘shimcha xizmat turlarining paydo bo‘lishi mehnat resurslarning
bandlik darajasiga muhim ta‘sir ko‘rsatadi.
Sayyohlikning o‘sishi, unga bo‘lgan intilish bir tomondan ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanganligini, transport vositalarining
mukammallashganligi ko‘rsatsa-da, ikkinchi
tomondan, urbanizatsiya darajasining o‘sganligi, kishilar turmush sharoiti, madaniy hayoti
va moddiy farovonligining oshganligi, kishilarning boshqa hudud va mamlakatlar xalqlarini
bilishga qiziqishini kuchaytirdi. Shuningdek, tabiiy, madaniy, ma‘naviy, tarixiy yodgorliklar
bilan tanishishga, ziyorat qilishga, tabiat go‘zalligidan barhamand bo‘lishga intilishini oshirdi.
Sayyohlar qabul qilish bo’yicha rivojlangan davlatlarning tartibiy joylanishidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |