HAYVONLAR BILAN HARAKATLANADIGAI MARSHRUTLAR
(fil, tuya,
eshak, ot, itlarda). Norse ridingtour
-
ot bilan sayr qilish turistilik marshruti keng tarqalgan.
Turistlar texnika vositalari bilan borish qiyin bo‘lgan tabiatning diqqatga sazovor joylariga ana
shu vositalar yordamida borishlari mumkin.
172
173
Fan/modlu‘ kodi
TOUGEO6
O‘quv yili
2021-2022
Semestr
3
EKTS-
Kreditlar
6
Fan/modul‘ turi
Majburiy
Ta‘lim tili
O‘zbek
Haftadagi
dars soatlari
1-semestr
6 soat
1
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil ta‘lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Turizm geografiyasi
68
108
176
2
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda Turizm Geografiyasi
fanining
nazariy-metodologik
va
amaliy
asoslari
(tushunchalar,
qonuniyatlar, tadqiqot usullari va boshqalar) to‘g‘risidagi bilimlarni
shakllantirish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil
qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarda turizm geografiyasining fanlar
tizimida tutgan o‘rni, turizm geografiyasining ijtimoiy tarmog‘ini obyektti
va predmeti, shakllanishi va rivojlanishi, zamonaviy tuzilishi, iqtisodiy-
ijtimoiy geografik jarayonlarni o‘rganishda qiyosiy geografik usulni qo‘llay
olishini, jamiyatning turli jabhalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va
geografik aloqadorlikni aniqlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan
iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidgi mavzular kiradi
1-mavzu. ―
Turizm geografiyasi ,, fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari «Turizm geografisi» fanini o‘rganish predmeti, maqsadi va
vazifalarini o‘rgatish. Aholining o‘zi yashab turgan mintaqa, hudud, o‘lka
yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish maqsadida
uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, ya‘ni turizm deyiladi.
«Turizm» termini frantsuzchadan olingan bo‘lib, «tour» - aylana, aylanma
harakat va «sayr-sayohat» degan ma‘noni anglatadi. 1963 yilda BMT-ning
Xalqaro turizmga oid Rim konferentsiyasiga muvofiq «sayyoh» deb, bir
mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida
o‘sha yerda turib, sayyohlik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi
(Mironenko, Tverdoxlebov, 1981, b.11). Agar kishilarning ana shu muddat
davomida mamlakat hududining boshqa joyida o‘zi yashab turgan
manzildan tashqarida bo‘lishi mahalliy turizm deyiladi. Geografik fanlar
tizimi: tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tabiiy-ijtimoiy
fanlar, ―oraliq‖ fanlar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning (inson
geografiyasi yoki ijtimoiy geografiyaning) fanlar tizimida tutgan o‘rni.
174
Uning boshqa fanlar bilan aloqalari. Geografiyaning ijtimoiy qanotini
nomlanishi: iqtisodiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, inson
geografiyasi, ijtimoiy geografiya. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ichki
tuzilishi.
2-mavzu. ―
Turizmni rivojlantirish omillari ,,
Butunjahon turistik tashkilotining hisobotida turizmni barqaror
rivojlantirishning 10 ta dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda «ekoturizmni
rivojlantirish uchun iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni nazorat qilish, yerlardan
barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni va alohida muhofaza etiladigan
hududlarni saqlash masalalariga alohida e‘tibor berish» lozimligi
ta‘kidlangan. Shu bois ekoturizmni rivojlantirishda ekotizimlarning
barqarorligini saqlash, bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni
ilmiy
asosda
tashkil
etish,
ekoturizmni
barqaror
rivojlantirish
strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
3-mavzu.
Turizm geografiyasining tarixi va rivojlanishi
Turizm qadimdan xalqlar o‘rtasidagi (iqtisodiy, savdo sotiq, fan,
madaniyat, san‘at, hunarmandchilik va h.k.) aloqa manbai sifatida muhim
ahamiyatga ega. Jumladan, eramizdan avvalgi 3-2 ming yillar davomida
kishilarning yangi geografik joylarni ochish, o‘zlari uchun qulay hududlarni
egallab olish, boylik orttirish va boshqa maqsadlarda dunyoni o‘rgana
boshlangan.
4-mavzu. Sayyoxning xuquq va majburiyatlari. Turizm xavfsizligi
Sayyoxning xuquqlari.
O‘zbekistonn
Respublikasi
Oliy
Majlisi tomonidan 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Turiz
to‘g‘risida» qonunining 14 – moddasiga muvofiq turist sayoxatga
tayyorgarlik ko‘rish va o‘tash vaqtida, tranzitni qo‘shib xisoblaganda
quyidagi xuqularga ega:
-Ko‘zlangan shartnomaga muvofiq to‘la turistik xizmatini olish.
- Sayoxat bilan aloqador bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborotlarni
olish.
- Shaxsiy xavfsizlik, xuquqining ximoyasi, shuningdek mol –
mulkining muxofazasi.
- O‘z vaqtida tibbiy xizmat olish.
- Shartnoma buzilishi natijasida yuzaga keladigan moddiy va
maonaviy zararlarni o‘rnini to‘ldirish.
Sayyox qonuniy nuqtai nazardan boshqa xuquqlarga xam ega..
5-mavzu.
Jahonning turistik regionlari
Xalqaro turizm geografiyasi. Davlatlar o‘rtasida sayyohlar
ayriboshlash xalqaro aloqalarning bir turi bo‘lib, u turistik tashkilotlar
175
o‘rtasidagi hamkorlikni ta‘minlaydi. Xalqaro turizm jahon xalqlarini bir-
birini o‘rganishga, xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqani, savdo-sotiqni,
madaniyat va ilm-fanni yusaltirishga xizmat qiladi.
6-mavzu.
Yevropa mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi.
Hozirgi kunda turizm tarmog‘i dunyodagi mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish hamda xalqaro va mintaqalararo
rivojlanish dasturlariga integratsiyalashuvning o‘ta muhim vositalaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Bu bo‘limda Yevropa mintaqasi mamlakatlari turizmining o‘ziga xos
xususiyatlari. shakllanishi va ommaviylashishi. mintaqada xalqaro turizmni
rivojlanish yo‘nalishlari. Yevropa mamlakatlari turizm industriyasida
axborot texnologiyalarining rivojlanishi. «Onlayn» turizm bozorining holati
hamda Yevropa ittifoqiga a‘zo yetakchi mamlakatlar turizm iqtisodiyoti.
Yevropaning «Benilyuks» iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi Farbiy Yevropa
mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. Shimoliy Yevropa Skandinaviya
mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. Sharqiy Yevropa mamlakatlari turizm
iqtisodiyoti. Yevropa mintaqasi mamlakatlarining geografik o‘rni.
joylashuvi. Yevropa mamlakatlariga qilinayotgan tashriflar va daromadlar
tahlili hamda bu mamlakatlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida olib borilayotgan
diplomatik munosabatlar o‘rganiladi.
7-mavzu.
Amerika mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi
Bu bo‘limda Amerika hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi. Amerika
mintaqasi turizm markazlari. Shimoliy. Markaziy. Janubiy hamda Karib
orollari mamlakatlari xalqaro turizm iqtisodiyoti. Amerika Qo‘shma
SHtatlari xalqaro turizm faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari. AQSH va
Kanada milliy parklari. shuningdek. Shimoliy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
turizm iqtisodiyoti. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari turizm iqtisodiyoti.
Okeaniya va Janubiy Osiyo mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. Amerika va
Osiyo mintaqasi mamlakatlari geografik joylashuvi. mamlakatlarning
xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan siyosatlari. xorijiy mamlakatlar
bilan iqtisodiy aloqalari. tarixi. madaniyati. milliy bog‘lari va qo‘riqxonalari
tabiati. manzaralari. bu mintaqalarga qilinayotgan xorijiy tashriflar va
tushimlar tahlili. mustaqil respublikamiz bilan iqtisodiy. siyosiy va madaniy
sohalarda olib borilayotgan munosabatlarini yoritish ko‘zda tutilgan.
8-mavzu.
Osiyo –Tinch okeani regioni mamlakatlari xalqaro turizm
geografiyasi
Yevropa va Amerika mintaqasidan keyin. Sharqiy Osiyo va Tinch
okeani mintaqasi mamlakatlari. turizm sohasida o‘zining yuqori darajada
tez rivojlanishi bilan ajralib turadi. Mintaqaning ayrim mamlakatlarida
keyingi yillarda aniqrog‘i 1990 yildan boshlab turizm industriyasi nihoyatda
176
tez sur‘atlarda rivojlana boshladi. Ayniqsa Xitoy va uning boshqa hududlari
hisoblangan Gongkong. Makao va Tayvan‘ shuningdek. Malayziya.
Tailand. Singapur. Koreya respublikasi. Avstraliya. Yaponiya. Indoneziya.
Yangi Zelandiya. Filippin mamlakatlari turizm sohasida juda katta
natijalarga erishib kelmoqda.
9-mavzu.
Yaqin Sharq va Afrika regionlari mamlakatlari xalqaro
turizm geografiyasi
Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari asosiy turizm markazlari bo‘lib
Misr. Iroq. Iordaniya. Quvayt. Oman. Qatar. Saudiya Arabistoni. Suriya.
Birlashgan Arab Amirliklari. Yaman va Isroil mamlakatlari hisoblanadi. Bu
mintaqada Livandagi kelishmovChiliklarga qaramasdan 1970 yillardan
boshlab sezilarli darajada xalqaro turizm harakatlari rivojlana boshladi. Bu
mintaqada 1970 yilda 1.8 mln. xorijiy turistlar tashrifi kuzatilgan bo‘lsa.
1980 yilga kelib ularning soni 6 mln. kishini tashkil qilgan. Xalqaro turizm
tushumlari esa 0.4 mlrd. AQSH dollaridan. 3.5 mlrd. AQSH dollariga
o‘sganligi kuzatilgan. 1986-87 yillarda xalqaro turizm tashriflari 17.7% ga.
xalqaro turizm tushumlari esa 16%ga pasayganligi kuzatilgan. 1980 yilda
jahon turizm tashriflarining 2.1%ini tashkil qilgan bo‘lsa. 1987 yilga kelib
bu ko‘rsatkich 1.48% ga pasayib ketgan. 1988-99 yillarda xorijiy tashriflar
birmuncha o‘sganligi kuzatiladi. ya‘ni 1987 yilda 5.4 mln. xorijiy tashriflar
kuzatilgan bo‘lsa. 1990 yilda 7.5 mln. kishiga yetadi. 1991 yilga kelib
xorijiy sayyohlar soni yana kamaya boshlaydi. tashriflar 10.3% ga. xalqaro
turizm tushumlari 16.5% ga pasayganligi kuzatiladi. 1994 yildan boshlab
(2001 yildagi pasayishni hisobga olmaganda) 2020 yillarda bir maromda
o‘sish kuzatiladi .
10-mavzu.
Afrika mintaqasi mamlakatlari turizmi
Bu bo‘limda Afrika mintaqasining umumiy tavsifi. Afrika
mintaqasi mamlakatlari xalqaro turizm harakatlarining sust darajada
rivojlanish sabablari. Afrika mintaqasi hududlari bo‘yicha Shimoliy.
Farbiy. Markaziy. Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari turizm
iqtisodiyoti. Afrika mintaqasiga qilingan xorijiy tashriflar va xalqaro
turizmdan kelib tushgan tushimlar tahlil qilinadi.
Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari xalqaro turizm harakatlarining
rivojlanish dinamikasi. Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlariga qilingan
tashriflar va ulardan kelib tushgan tushumlar tahlili. Yaqin Sharq mintaqasi
mamlakatlari xalqaro turizm bozorini ta‘minlovchi asosiy mamlakatlar.
mintaqada doimiy ravishda xalqaro turizm harakatlarining tebranib turish
sabablari ko‘rsatiladi.
11-mavzu.
Turizm industriyasi
Turizm industriyasi bu – o‘zaro bog‘langan shunday tashkilotlar va
177
tadbirkorlarki, ular turistlar iste‘mol qilishi va turizm protsessini yurgazishi
uchun kerakli xizmat, mexnat va mahsulotlar yig‘indisidan iboratdir.
Turizm industriyasi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari,
transport vositalari, ommaviy ovqatlanish bo‘ektlari, ko‘ngilochar
tashkilotlar, tanishuv soglomlashtirish, sport, diniy, madaniy va boshqa
turoperatorlarlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar,
shu bilan birga turist-ekskursion va tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi
tashkilotlar yig‘indisidir.
12-mavzu.
O`zbekistonning jahon xo`jaligi tizimidagi tutgan o`rni.
O`zbekistonning tabiiy va rekratsion resurslari
O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. O‘zbekiston
Osiyo qit‘asida, hududi yirik daryolari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryo
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbda Turon pasttekisligini va Sharqda
tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga oladi.
Respublika tabiati boy va xilma-xil. O‘zbekiston hududining
kattagina qismini sahrolar va cho‘llar egallaydi, Sharqiy qismida
osmono‘par tog‘lar, daryo atroflarida ajoyib vodiylar bor. Jazirama qum
sahrolari, muzliklar, oppoq qorga burkangan tog‘ cho‘qqilari, paxtazorlar
bilan qoplangan yam-yashil vodiylar mavjudligi O‘zbekiston tabiati uchun
xos..
13-mavzu. : O‘zbekiston turistik imkoniyatlari va yo‘nalishlari
Turizm jahondagi ko‘pgina mamlakatlar singari respublikamiz
iqtisodiyotiga o‘zining hissasini qo‘shayotgan qishloq xo‘jaligi, sanoat,
transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori rivojlanib bormoqda.
Biroq, hozirgi paytda turizm imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasida
samarali foydalanilmayotganligi tufayli u xalq xo‘jaligining asosiy
tarmoqlari ko‘rsatkichlaridan ancha orqadadir.
Ta‘kidlash joizki, O‘zbekistonning geografik o‘rni turizmni
rivojlantirishda Markaziy Osiyo davlatlari ichida ancha qulaydir. Bu borada
Respublika Prezidenti I.A.Karimov o‘z asarida, «Amudaryo va Sirdaryo
oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish nuqtai
nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qisman qulay jo‘g‘rofiy-
strategik mavqega ega.
14-mavzu.
Namangan viloyati turizm geografiyasi
Namangan viloyati ekotizimlari: tushunchasi, tasniflanishi va
tavsiflanishi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 4000 tadan ortiq arxitektura,
tarixiy va tabiiy yodgorliklar, go‘zal landshaftlar, xilma xil noyob
o‘simliklar va hayvonot dunyosi mavjud. Bularning barchasi sayyohlarning
respublikaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.Lekin O‘zbekiston
178
Respublikasida o‘rtacha turistik infratuzilma 19 foiz, Namangan viloyatida
esa undan ham kam foizni tashkil etadi xolos. Shuning uchun ham milliy
turistik infrastrukturaning sig‘imi va darajasini oshirish o‘ta dolzarb
mummo hisoblanadi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar
1.
―Turizm geografiyasi,, fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2.
―Turizmni rivojlantirish omillari ,,
3.
Turizm geografiyasining tarixi va rivojlanishi.
4.
4. Sayyoxning xuquq va majburiyatlari. Turizm xavfsizligi.
5.
Jahonning turistik regionlari..
6.
Yevropa mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi
7.
Amerika mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi.
8.
Osiyo –Tinch okeani regioni mamlakatlari xalqaro turizm
geografiyasi.
9.
Yaqin Sharq va Afrika regionlari mamlakatlari xalqaro turizm
geografiyasi.
10.
Afrika mintaqasi mamlakatlari turizmi.
11.
Turizm industriyasi.
12.
O`zbekistonning
jahon
xo`jaligi
tizimidagi
tutgan
o`rni.
O`zbekistonning tabiiy va rekratsion resurslari.
13.
O‘zbekiston turistik imkoniyatlari va yo‘nalishlari.
14.
Namangan viloyati turizm geografiyasi.
IV. Mustaqil ta‘lim va mustaqil ishlar
1.
―Turizm geografiyasi,, fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari.
2.
―Turizmni rivojlantirish omillari ,,Qadimgi Gretsiyada
geografiya.
3.
Turizm geografiyasining tarixi va rivojlanishi.
4.
Sayyoxning xuquq va majburiyatlari. Turizm xavfsizligi.
5.
Jahonning turistik regionlari.
6.
Yevropa mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi.
7.
Amerika mamlakatlarida xalqaro turizm geografiyasi
8.
Osiyo –Tinch okeani regioni mamlakatlari xalqaro turizm
geografiyasi.
9.
Yaqin Sharq va Afrika regionlari mamlakatlari xalqaro turizm
geografiyasi.
10.
Afrika mintaqasi mamlakatlari turizmi.
179
11.
Turizm industriyasi
12.
O`zbekistonning jahon xo`jaligi tizimidagi tutgan o`rni.
O`zbekistonning tabiiy va rekratsion resurslari.
13.
O‘zbekiston turistik imkoniyatlari va yo‘nalishlari..
14.
Namangan viloyati turizm geografiyasi.
15. Yaponiya turizm geografiyasi.
16. Ispaniya turizm geografiyasi
17. Norvegiya turizm geografiyasi
18
. Italiya turizm geografiyasi
19
. Fransiya turizm geografiyasi
20
. Germaniya turizm geografiyasi
21
. Turkiya turizm geografiyasi
22
. AQSH turizm geografiyasi
23
. Kanada turizm geografiyasi
24
. Meksika turizm geografiyasi
25
. Singapur turizm geografiyasi
26
. KXDR turizm geografiyasi
27
.Indoneziya turizm geografiyasi
28
. Malayziya turizm geografiyasi
29
. BAA turizm geografiyasi
30
. Saudiya Arabistoni turizm geografiyasi
31
. Okeaniya Mamlakatlari turizm geografiyasi
32
. Hindiston turizm geografiyasi
33
. Xitoy turizm geografiyasi
34
. Polsha turizm geografiyasi
35
. Gretsiya turizm geografiyasi
36
. Madakaskar turizm geografiyasi
37
. Yangi zellandiya turizm geografiyasi
38
. Avstrliya turizm geografiyasi
39
. Rossiya turizm geografiyasi
40
. Gollandiya turizm geografiyasi
3
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)
Fanni o‘zlashtirishi natijasida talaba:
turizm geografisi fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni, obyektti va
predmeti, shakllanishi, rivojlanishi, zamonaviy tuzilishi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |