TURIZMNING PASSIV TURIGA
turistlik sayyohlikning tinchroq va kam kuch sarf
qilinadigan, jismoniy zuriqishga xos bo‘lmagan turi kiradi.
TURIZM STRATEGIYaSI
turizmni rivojlantirish va qayta tashkillashtirish
sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat avvalo amalga oshirish uchun vaqt va
kattagina moliyaviy resurslarni talab etuvchi maqsadli dasturlar va rivojlanishning umumiy
kontseptsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
TURISTIK AGENTLIK
- xorij yoki mamlakat ichida turistik safarlarga tayyorgarlik
ko‘rishda ma‘lum ishlarini bajaradigan tashkilot.
TURISTLIK KLASS
2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo
aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, Shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli
transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turidir.
TURTO’PLAM
(turpaket) – iste‘molchilarga guruhli yoki individual variantlar
bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |