126
kelgan. Biroq, sobiq sho‘rolar davrida turistik aloqalarning markaz tomonidan boshqarilishi
tufayli mustaqil ravishda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari cheklangan edi.
O‘zbekiston turizmining o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u bevosita uzoq tarixga
borib taqalsa-da, ammo tarmoq sifatida yaqin davrda paydo bo‘lgan. Hozirgi respublikamiz
hududlarida dastlabki ekskursiya sayohati byurosi 1936 yilda ochildi va O‘zbekiston kasaba
uyushmasi qoshida «Sayohat-ekskursiya boshqarmasi» tashkil etildi. Bu tashkilot yaqin va
uzoqlarga uyushtiriladigan safarlar bilan shug‘ullandi. 1962 yilda respublikaning viloyat va
o‘lkalari qoshida ham sayohat byurolari tashkil etiladi. 1982 yilga kelib viloyatlar va
Qaraqalpog‘istonda jami 13 ta «Sayohat va ekskursiya soveti», 29 ta «Ekskursiya va safarlarga
chiqaruvchilar byurosi», 5 ta sayohatchilar mehmonhonasi, 12 ta turistik baza va kempinglar
barpo etiladi (Qurbonniyozov, Sa‘dullaev, Abirqulov, 1999).
Sayohatlar aksariyat ittifoqdosh respublikalarga markaz tomonidan tasdiqlangan dastur
asosida amalga oshirilgan. Bu davrlarda respublikada sayohatlar ko‘proq sport, o‘lkashunoslik,
alpinizm, sog‘liqni tiklash hamda boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan tanishish maqsadlarida
olib borilgan. SHo‘rolar hukmronligining inqirozi natijasida bu aloqalar o‘z-o‘zidan buzildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillardan boshlab iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarida tub islohatlar va o‘zgarishlar davri boshlandi. Respublikaning suveren
davlat maqomida dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinishi, 120 dan ortiq davlatlar bilan
rasmiy diplomatik munosabatlarning o‘rnatilganligi, shuningdek, Toshkentda ko‘plab mamlakat
elchixonalarining oChilishi qisqa davr ichida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib
borishida muhim qadam bo‘ldi.
Aytish joizki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotini rivojlantirishda
jahon tajribasidan keng foydalanmoqda. Bu o‘rinda turizm sohasini rivojlantirishga davlat
tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, Prezident I.A.Karimovning 1995 yil 2
iyunda chiqargan «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasini ishtirokini avj
oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni mamlakatimizda
turizmini rivojlantirishda dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi.
SHuningdek, turkiytilli davlatlar boshliqlarining 1996 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida
o‘tkazilgan IV – uchrashuvida prezidentimiz «Buyuk Ipak yo‘lini tiklash, ma‘rifiy turizmni
rivojlantirish, turkiytilli davlatlarning madaniy me‘rosini qayta tiklash, asrash va barqaror
rivojlantirish» dasturini birgalikda ishlab chiqish, maqsadli sayyohat yo‘nalishlarini kengaytirish
va sayyohlikning tegishli infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida takliflarni oldinga surdi
1
.
Bundan tashqari, 1998 yil 15 aprelda qabul qilingan «2005 yilgacha bo‘lgan davrda
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi» to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasi qarori
turizmning kelajak istiqbolini belgilashda katta ahamiyat kasb etdi.
Yuqoridagi qaror va farmonlar asosida qisqa vaqt ichida respublikamizning ko‘pgina
mintaqalaridagi tarixiy, diniy obidalar, buyuk siymolar qabrlari, dahmalari, masjidu
madrasalarini qaytadan tiklash va ta‘mirlash ishlari keng miqyosda amalga oshirildi. Bu
bevosita turistik ob‘ektlarning ko‘payishiga va yaxshilanishiga olib keldi.
Ma‘lumki, BMT ning 1972 yilda qabul qilgan konventsiyasida xalqlarning nodir madaniy
yodgorliklarini avaylab asrashga kelishgan. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 500 dan ortiq
madaniy yodgorliklar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular o‘ziga xos takrorlanmas tarixiy-madaniy
ansambllar, arxitektura yodgorliklari, tabiiy qo‘riqxonalar va boshqa turistik ahamiyatga molik
ob‘ektlarni qamrab olgan (Okladnikova, 2002). SHu jihatdan O‘zbekiston o‘zining turistik
ob‘ektlarini salohiyati bo‘yicha jahonda katta mavqega ega.
Respublikamizda hozirgi paytda 4000 dan ziyod tarixiy obidalar, monumental-
arxitekturaga xos bo‘lgan manzillar mavjud. Bular Budda diniga mansub topilmalar, Iskandar
Zulqaynar yurishlari, arablar istilochiligi, mo‘g‘illar bosqini hamda Amir Temur va temuriylar
imperiyasi va boshqa davrlardan dalolat beruvchi sayyohlik ob‘ektlarini tashkil etadi. Ammo
1
Do'stlaringiz bilan baham: