Sog’lomlashtirish, sog’liqni tiklash
turizmi bevosita rekreatsiya turizmi bilan bog‘liq
bo‘lib, kishilarning mehnat ta‘tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga
qaratilgan faoliyatdir. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish rekreatsiya majmuiga kurort deyiladi.
«Kurort
» so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u
«davolanadigan joy»
ma‘nosini anglatadi.
Diniy turizm
halqlarning o‘z diniga bo‘lgan xurmati va e‘tiqoti nuqtai nazaridan
muqaddas qadamjoylar, shaharlar, qabriston va aziz sanalgan maskanlarga ziyorat qilishdir.
Sport turizmi
- sport o‘yinlariga, musobaqalarga va sport musobaqalari o‘tkaziladigan
mintaqaga yoki mamlakatga sportchilar bilan birgalikda muhlislarning tashrifi demakdir. Qayd
etish joizki, hozirgi paytda turizmning bu tarmog‘i katta daromad manbai sifatida tez o‘sib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |