Geografiya kafedrasi


 Misr Arab Respublikasi turizmi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

2. Misr Arab Respublikasi turizmi 
Misr ikki qit‘ada. Afrikaning Shimoliy-Sharqiy qismi va Osiyoning Sinay yarim 
orolida joylashgan Yaqin Sharqdagi qadimiy davlat. Misr Arab Respublikasi hududi 1.001.450 
kv. km. bo‘lib. 63 millionga yaqin aholi yashaydi. Poytaxti – Qohira. 6.8 mln. kishi istiqomat 
qiladi. Asosiy yirik shaharlari: Iskandariya va Port-Said. Aholisining 98% arablar bo‘lib. 2 
minga yaqin misrlik chet ellarda istiqomat qiladi. Arab tili rasmiy til hisoblanadi. asosiy aholi 
islom diniga e‘tiqod qiladi.
Misr 1922 yil 28 fevralda mustaqillikni qo‘lga kiritgan. Milliy bayram 23 iyul‘ «Inqilob 
kuni» (1952 yildan boshlab). Misr Respublika bo‘lib. amaldagi konstitutsiya 1971 yilning 11 
sentyabrida qabul qilingan. unga referendum natijasida 1980 yilning 22 mayida ba‘zi bir 
o‘zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig‘i Prezident hisoblanadi va olti yilga saylanadi. 
Bu davlat nihoyatda qadimiy va boy tarixga ega. Tarix otasi Gerodot: «Misrni Nil 
yaratgan» deganda nechog‘li haq bo‘lgan. chunki mamlakat aholisining 90% dan ortig‘i shu 
daryo vohasida istiqomat qiladi. SHuni eslatib o‘tish kerakki. Nil daryosi jahondagi eng uzun 
(6671 km) daryodir. 
Misr uzoq yillar o‘z boshidan mustamlakaChilik hukmronligini kechirgan davlat. 1882 
yili inglizlar tomonidan mustamlaka qilingan. 1914 yildan (Protektorat) yarim mustamlaka. deb 
e‘lon qilinadi. 1952 yildan Kamol Abdul Nosar (1918-1970) boshChiligidagi mustaqil taraqqiyot 
yo‘liga o‘tadi. 1958 yilning fevralida Suriya va Misr birlashib Birlashgan Arab Respublikasi 
(BAR) deb atala boshlandi. ammo 1961 yilning sentyabrida Suriya bu hamjamiyatdan ajralib 
chiqadi. 
1971 yilning sentyabridan Misr Arab Respublikasi vujudga keladi. Mustaqillik yillari 
siyosiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa. 1981 yildan 
Xusni Muborak rahbarligida yirik islohotlar o‘tkazilgan. 
Mustamlaka davrida boshqa davlatlarning xomashyo bazasiga aylanib qolgan Misr. 
sanoatni ustuvor rivojlantirib. agrar davlatdan industrial davlatga aylanish uchun uzoq yillardan 
beri kurash olib bormoqda. 
Misr sanoatining rivojlanishini asosiy xususiyati shundan iboratki. unda davlat tarmog‘i 
yetakchi hisoblanadi. ya‘ni hal qiluvchi sanoat korxonalari davlat qo‘lida to‘plangan. 1965 yili 
asosiy ishlab chiqarish vositalarining 85% davlat nazoratida bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi. savdo. 
maishiy xizmat. turizm sohalarida xususiy tarmoq hal qiluvchi hisoblanadi. 
Misrning transport tarmoqlari asosan Nil vodiysida va Suvaysh (uzunligi 173 km) 
kanali. O‘rta yer dengizini Qizil dengiz bilan birlashtiradi. Osiyo qit‘asini Afrika qit‘asidan 
ajratib turadi. 
Iqtisodiyotni boshqarishda rejalashtirish 1957 yildan beri mavjud. 1960 yildan boshlab 
besh yillik rejalardan foydalaniladi. Shuni ta‘kidlash lozimki ular davlat tarmog‘i uchun 
imperativ (majburiy) boshqa tarmoqlarga indikativ (ixtiyoriy). 
YaMM 151.5 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga 2490 AQSH dollar. 
Misrning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Turizm va xizmat sohalari milliy daromadning muhim tarmoqari hisoblanadi. 
Mamlakatga yiliga 5 mln.ga yaqin sayohatchilar kelib ketadilar bu soha 4 mlrd. AQSH dollarga 


90 
yaqin daromad keltiradi. YaMM ning 3% ga yaqini turizm sohasiga to‘g‘ri keladi. 
Misrda turizm sektori asosan o‘zining madaniy-tarixiy yodgorliklari. dunyoga mashhur 
piramidalari. saroylari bilan bog‘liq. 1980 yillarda Qizil dengiz qirg‘oqlarida plyaj turizmini 
rivojlantirish rejasini qabul qiladi. Ushbu hudud asosan Xurgada shahariga tegishli bo‘lib. asosiy 
turizm markaziga aylanishi kerak edi. 1990 yillar boshida Farbiy Yevropa mamlakatlaridan 
turistlarni qabul qilish uchun yettita turistik qishloqlar quriladi. 
1979 yilda Misr. Isroil mamlakati bilan tinchlik bitimini tuzganidan so‘ng. u siyosiy 
jihatdan tinch mamlakatlardan biriga aylandi va buning natijasida mamlakatda xalqaro turizm 
jadal rivojlani boshladi. Misr yer sharining barcha mamlakatlaridan turistlar qabul qiladi. 
Misr xalqaro turizm bozorini asosan AQSH. Saudiya Arabistoni. Frantsiya. Germaniya. 
Italiya va Yaponiya mamlakatlari ta‘minlaydi. 
Mamlakat temir yo‘llari uzunligi 5.110 km.. avtomobil‘ yo‘llari uzunligi 51.925 km. 
Asosiy portlari: Aleksandriya. Port-Said. Suets. 
Mamlakatda 14 ta Universitet foliyat yuritadi. eng yiriklari Qohira. Ayn-SHams. 
Iskandariya hamda Al-Ashar islom universitetlari hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlarida 700 
mingdan ortiq talaba ta‘lim oladi.
Toshkent Sharqshunoslik instituti va Islom universitetining Misr Oliy o‘quv yurtlari 
bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. ko‘pgina talabalar Misr Oliy o‘quv yurtlarida o‘z 
bilimlarini oshirmoqdalar. Toshkent va Qohira o‘rtasida bevosita avia qatnov o‘rnatilgan. 
Misr Arab Respublikasi mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil 
natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0.7%i. Yaqin Sharq mintaqasiga qilingan 
tashriflarning 17.8%i Misr Arab Respublikasi mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 
2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 12.6% ga ko‘paygan. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish