O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 6,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/208
Sana01.02.2022
Hajmi6,34 Mb.
#423826
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208
Bog'liq
Texnologiya Toliq Majmua.

Savollar 
1.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering?
2.Mehnat ta’limning ahamiyati va mohiyati nimada?
3.Modulli-ta‘lim tizimining mohiyati qanday?


Topshiriq 
1.Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik
metodlarni fanga tadbiq qiling. 
 
Mavzu: Texnologiya darslarida qo’l mehnatidan foydalanish talablari. 
Reja: 
1.Boshlang‘ich
 
sinflarda qo‘l mehnatiga o‘rgatishni tashkil qilish shakllari. 
2.Qo‘l texnologiyasi faniga o‘rgatishda ish turlarining mazmuni.
3.Amaliy ish samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan talablar.
4.Mavzuga mos o‘qitish metodlari.
 
Tayanch ushunchalar:
qo‘l texnologiyasi, shakl, usul, metod,
 
bigiz, pichoq 
nina. 
Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, 
o’qitishning xilma-xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, 
malaka va ko’nikmalarini egallab olishlariga, Shuningdek bilish qobiliyatlarini 
rivojlanishiga erishiladi. 
O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o’z so’zlari bilan 
buyumni bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham 
namuna, tayyor ko’rgazma bo’yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi 
darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va o’nga sayqal berdi. 
O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning 
maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko’rgazmali qurollarni 
tayyorlaydi. 
Qo’l mehnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni 
esa navbatchilar tarqatadi. Stolning ustida diqqatni chalgitadigan xech qanday 
ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. 
Asboblarni, ayniqsa kesuvchi asboblarni charm gilofda saqlagan maqul. 
Xar bir gilof asbobning ma’lum turiga muljallangan bo’ladi. Navbatchi o’qituvchi
asboblarni tarkatishni doimo birinchi partadan boshlaydi, bunda o’quvchilar tartib 
va tejamkorlikka o’rganadilar. Xamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda 
saqlanadi, ishdan so’ng asboblarni o’quvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi 
o’quvchiga topshiradilar. 
Ish xonasida o’quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini 
eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osig’lik bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga 
qoidalariga to’liq rioya qilish baxtsiz hodisalarning oldini oluvchi ishonchli 
garovdir. Asboblarni ishlatish qoidalarini o’quvchilar vaqti-vaqti bilan takrorlab 
turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda o’qituvchi nima uchun aynan 
shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday xodisalar ro’y
berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari 
so’zsiz bajarilishi lozim. 


Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo’yicha texnika 
xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin. 
1. Ish xonasiga faqat o’qituvchi ruxsati bilan kiriladi. 
2. Xar bir o’quvchi faqat o’z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda 
qilinadigan bo’lsa, o’quvchilar o’z majburiyatlarini yaxshi biladilar. 
3. Ish faqat o’qituvchining ruxsati bilan boshlanadi. 
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni to’g’ri va 
qulay joylashtirish: O’ng qo’l bilan ushlanadigan asboblarni o’ng tomonga, chap 
qo’l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo’y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni 
xech qachon ikkita asbob orasiga qo’yma, ularni doimo o’z joyiga, o’tkir tomonini 
narigi, dastasini o’zing tomonga qilib qo’y. Asboblarni o’ynama, ular o’yinchoq 
emas. 
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla. 
6. O’tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama. 
7. Asbobni ishlatganda, uni o’qituvchi ko’rsatganidek ushla. 
8. Asboblarni asra, ularni to’g’ri, o’z o’rnida ishlat, ishlatgandan so’ng 
ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo’y. 
9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, 
tartibliroq qilishga harakat qil. 
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib qo’y.

Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish