30.
Millat - ma‘lum hududda yashayotgan qator qabila va elatlarning o‘zaro aralashuvi
natijasida paydo bo‘lgan kishilarning etnik birligi. Millat-asosan feodalizmdan kapitalizmga
o‘tish davrida shakllangan.
31.
Megolopolis - bir-biriga yaqin joylashgan yirik shaxar aglomeratsiyalari o‘zaro aloqada
rivojlanib, urbanizatsiyalashgan mintaqa-shaxarlashgan mintaqa hosil bo‘lishi.
32.
Monogam oila shakli - bir erkak (ayol) bilan bir ayol ( erkak )ning oila (nikoh) qurishi.
33.
Murrakab oila shakli - er-xotin, farzandlari va ular oilalari bilan yashash shakli.
34.
Nuklear oila shakli- er va xotin hamda farzandlardan iborat oddiy oila shakli.
35.
Protestant dini – xristian dinining mashabi bo‘lib, u kalvinizm, lyuteranlik, baptizm,
anglikanlik va boshqa oqimlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |