Bog'liq tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)
complexus aloqa, birikma) tashkil etish birinchi navbatda tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi. Hududiy ishlab
chiqarish komplekslari tabiiy resurslarning “raqobatlashadigan”,
“majmualashadigan” 2 va undan ziyod turi bo‘lgan hollardagina
mavjud bo‘la oladi. Chunki bunday resurslardan sanoatda
birgalikda o‘zaro bog‘liq holda foydalanish ularning har birining
samaradorligini oshiradi. Ammo hududiy ishlab chiqarish
komplekslarini
shakllanishining
samaradorligini
tabiiy
resurslardan foydalanish samaradorligidan aniq farqlay bilish
lozim.
Ta’kidlash lozimki, tabiatdan oqilona foydalanishning
geograflar tomonidan ishlab chiqilayotgan aniq mummolar
sonining ancha ko‘payishi bilan bir qatorda sotsial - iqtisodiy
geografiyaning
tabiatdan
foydalanish
geografiyasining
metodologik asosi sifatidagi fundamental g‘oyalariga bo‘lgan
qiziqish ham ortib bormoqda.
Hozirgi sharoitlarda har qanday hududni sotsial - iqtisodiy
rivojlantirish va ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlari tabiiy,
iqtisodiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zaruriyatini
yuzaga keltirishi tufayli geograflar va tabiatdan foydalanish
masalalari bilan shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarning
diqqat-e’tiborini geografik zonallik, geosistemalar va hududiy
ishlab chiqarish komplekslari, energiya ishlab chiqarish va
resurslar sikllari, iqtisodiy rayonlashtirish, aholini joylashtirish
landshaftlarni ham to‘liq qayta tabiiylashuviga imkon bermaydi,
antropogen
landshaftlar
xo‘jalikda
foydalanilganda
(ya’ni
antropogen omillar ta’siri ostida bo‘lgan paytda) o‘zlashtirilgan
tabiiy landshaftning tuzilmasi tubdan o‘zgaradi va tuzilma qayta
o‘z holatiga kela olmaydi. Chunki antropogen landshaftlarning
qayta tabiiylashuv jarayoni o‘zgacharoq tabiiy sharoitlarda sodir
bo‘ladi.
Ayrim tadqiqotchilar hozirgi landshaftlarni tasniflashda
qayta tabiiylashgan landshaftlarni tabiiy – antropogen landshaftlar
nomi bilan ajratishgan (Tyutyunnik, 1989). Hozirgacha va hozirgi
sharoitlarda ham ayrim iqtisodiy – texnik (agrotexnik) sabablga
ko‘ra antropogen landshaftlarning qayta tabiiylashuv jarayoni
davom etmoqda. Ammo kelajakda aholi soni va uning
ehtiyojlarining ortishi tabiiy resurslardan tejamkorlik asosida
foydalanishni taqoza etadi. Shu sababli kelajakda fan – texnika
taraqqiyoti va tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarning ortishi
antropogen landshaftlarning qayta tabiiylashuviga yo‘l qo‘ymaydi.
Bilaks hamma hududlarda tabiiy salohiyati madaniy landshaftlarni
tashkil etish uchun yetarli bo‘lgan tabiiy hamda tabiiy –
antropogen landshaftlarni madaniy landshaftlarga aylantirishni
taqoza etadi.
4. Antropogen landshaftlar – tabiiy–ishlab chiqarish
hududiy komplekslar bo‘lib, ularning rivojlanishi muntazam
ravishda inson tomonidan boshqarilib turiladi.
Tabiat va jamiyat orasidagi o‘zaro ta’sirni aks ettiradigan
tabiatdan foydalanish jarayoni antropogen landshaftlar bilan
bevosita bog‘liq bo‘lganligi tufayli bu toifadagi landshaftlarning
xususiyatlari va tabiatdan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etishdagi
ahamiyati to‘g‘risida batafsilroq to‘xtalamiz.