Ruza. Fanning maqsadi va vazifalari. Asosiy harakterli xususiyatlari



Download 173,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi173,3 Kb.
#423247
  1   2
Bog'liq
1-Maruza



1–MA’RUZA. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. 
ASOSIY HARAKTERLI XUSUSIYATLARI. 
РЕЖА

1
.
Kirish. 
2. Fanning maqsadi va vazifalari. 
3. Algoritm tushunchasi. 
4. Informatsiya tushunchasi. 
TAYANCH IBORALAR:
Algoritm, natija, informatsiya, kibernetika – texnik, adekvatlik, informatsion 
texnologiya. 
Algoritmlar nazariyasi – informatika va tadbiqiy matematiqaning 
fundamental qismiga oid fan bo‘lib, uning davomi bevosita samarali dasturlarni 
tuzish, sonli usullar, mukammallashtirish usullari va ob’yekt-ga yo‘naltirilgan 
dasturlash sohalarida o‘z nazariy va amaliy tadbiqini topadi. Ushbu predmetni 
tadbiqiy matematiqaning fundamental qismiga oidligi bir tomondan talabalar 
kursni o‘rganish jarayonida muayyan amaliyotga doir masalalarni matematikik 
modellarini hal etish mumkinligini aniqlashda tamoyillik yondoshuvini, ya’ni 
struturaviy tahlilni o‘zlashtirishlaridan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan mos 
algoritmlar mavjud bo‘lganda ularni tizimli tarzda tahlil qilishni o‘rganishlaridan 
iborat. 
Fanining maqsadi: Algoritmlar nazariyasi fanining asosiy maqsadi 
talabalarda umumiy va kibernetik ma’nodagi algoritm haqidagi tushunchalarni 
ajrata olish, muayyan masalani yechish uchun algoritm mavjudligi haqida 
tushunchalarni shakllantirish, masalani yechish uchun tadbiq etilishi mumkin 
bo‘lgan algoritmlar orasida eng samaralisini ajratib olish, yaratilgan yoki mavjud 
algoritmlarni murakkablik ko‘rsatgichlarini baholash kabi bir qator nazariy va 
amaliy muammolar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Faning vazifasi: Mazkur fanning vazifalari talabalarda quyidagilar bilimlarni 
shakllantirishdan iborat: 
-formallashtirilgan masalani yechish va yechimi haqidagi tushunchalarni 
shakllantirish;
-amaliy va nazariy masalalarni yechish algoritmlari haqidagi tushunchalarni 
shakllanirish;
-algoritmlar turlari va umumlashtirilgan algoritmlar haqidagi tushunchalarni 
shaklanirish; 
-muayyan masalalarni algoritmlarini o‘rganish;
-algoritmlarni tahlil qilish asosida samaralilarini ajratishni o‘rganish.
Predmetlararo bog‘lanish. Mazkur fan uchun programmalash asoslari, 
kompyuter texnologiyalari, tizimli tadbiqiy dasturlash ta’minoti, matematik mantiq 
va boshqa fanlar bazis vazifasini o‘taydi. 


Fanning mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni. «Algoritmlash nazariyasi» fani 
zamonaviy kompyuterlarda turli xil xalq xo‘jaligida uchraydigan masalalarni hal 
etish, avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish uchun mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashda umumiy asos rolini o‘ynaydi. 
Kompyuter o‘z hisoblash kuchliligi bilan birga tezkor, ozoda, aniq va 
shu bilan birga “butunlay befahm bajaruvchi” hisoblanadi. Turli masalalarni 
yechishda undan foydalanganimizda kompyuter biror nimani o‘zi o‘ylab topadi 
degan fikrimiz xato, kompyuter ishlashi uchun aniq va to‘liq instruksiya kerak 
bo‘ladi. Bu yerda biz algoritmni aniqlash to‘plamidan biriga kelyapmiz. 
ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni 
amalga oshiruvchi qat’iy o‘rnatilgan tartib. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin biz 
real hayotda algoritmga har doim duch kelamiz. Omadli telefon qo‘ng‘irog‘i uchun 
kerakli bo‘lgan amallar tartibini o‘z ichiga oluvchi telefon-avtomatdan foydalanish 
instruksiyasi. Maishiy texnikadan foydalanish qoidalari va boshqalar qisqa, 
tushunarli shaklda bizga u yoki bu holda nima qilishimiz kerakligini xabar qilib, 
harakatlarimiz algoritmini belgilab beradi. 
Tarixchi matematiklarning ta’kidlashicha, «algoritm» so‘zi buyuk 
ajdodimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ismidan kelib 
chiqqan, uning mashhur “Kitob al-jabr va al-muqobola” traktasi esa yana bir 
mashhur “algebra” atamasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. 
Abu Abdullo Muhammad ibn-Muso al-Xorazmiy (780 yilda Xivada 
tugilib, 850 yilda Bog‘dodda olamdan o‘tgan) o’sha davrda katta ilmiy va madaniy 
markaz hisoblangan Bog‘dodga ishga taklif qilingan u sharqning birinchi 
akademiyasi – Bog‘doddagi «Bayt-ul hikmat» (Donishlandlar uyi)-ning 
kutubxonasini boshqar-gan. 
Al-Xorazmiy «Hind sanog‘i to‘g‘risida»gi arifmetik risolasida o’nlik 
sanoq sistemasini va bu sistemada to‘rtta arifmetik amallarni bajarish qoidalarini 
birinchi bo‘lib bayon qilgan. Yevropada bunday qoidalar al-Xorazmiy nomi bilan 
atalib, «Algoritmi» deyilgan. Al-Xorazmiy risolasining birinchi so’zlari lotin tiliga 
“Dixit Algoritmi” (Dedika al-Xorazmiy)deb tarjima qilingan. Bunda al-Xorazmiy 
bo’zilib, Algoritmi deb yozilgan. Keyinchalik uning nomi Algorithmi va 
Algorothmus ko’rinishlarni olib, oxirida «algoritm» so‘ziga aylangan. 
Kompyuter ishi jarayonida boshqariladigan instruksiyalarni ishlab 
chiqarishning asosi algoritm hisoblanadi. Biroq, biz algoritmdan o‘z 
yozuvlarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga o‘tkaza olmaymiz, chunki ular 
kompyuter tushunmaydigan, faqatgina insonlar tushunadigan tilda yozilgan. 
Kompyuter algoritmni tushunishi uchun u mashina tiliga o‘giriladi, aynan shunday 
mashina tilida yozilgan algoritmlar dastur yoki kompyuter dasturi deb ataladi. 
Quyida biz bu tushunchani joriy kurs asosida yotuvchi algoritm tushunchasi 
yordamida aniqlashtirishga harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, adabiyotda 
umume’tirof etilgan algoritmni aniqlash tushunchasi yo‘q. Kompyuter 
texnologiyalari tushunchasiga adekvat bo‘lgan algoritm ifodasini beramiz:
Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich 
informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-
ketligi. 


«Informatsiya» atamasi lotincha information so‘zidan olingan bo‘lib, 
tushuntirish, xabardor qilish, ifoda etish kabi ma’nolarni anglatadi. 
Informatsiyaning o‘zini tevarak-atrofdagi ob’yektlar va ularning 
mavjudligi haqidagi xabarlar to‘plami, parametrlari, mavjud noaniqlik darajasi va 
bilimlarning yetarli emasligini kamaytiruvchi holati va xossalari sifatida qarash 
mumkin. Xabar o‘z navbatida informatsiyaning nutq, matn, ovoz, tasvir, grafika, 
jadval, videotasvir va hokazo kabi formalarda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Keng 
ma’noda informatsiya – bu odamlar orasidagi, odamlar va mashina, tirik va jonsiz 
tabiat orasidagi hodisalar almashinuvidan iborat umumilmiy tushuncha.
Informatika – jarayonlarni akslantirish, saqlash va kompyuter yordamida 
informatsiyaga kirish, shuningdek qo‘llanish sohasida ular-ning o‘zaro aloqasi kabi 
insoniyatning faoliyat sohasidir.

Informatika atamasi 60-yillarning oxirida Fransiyada kelib chiqdi. U 
information (informatsiya) va automating (avtomatika) so‘zlarining birikuvidan 
kelib chiqqan bo‘lib, «informatsiyaning avtomatlashgan qayta ishlovi» degan 
ma’noni bildiradi. Ingliz mamlakatlarida bu atamaga computer science (kompyuter 
ilmi) sinonimi mos keladi.

Informatika mustaqil ilm sifatida 40-yillarning oxirida kibernetika 
asosida vujudga keldi, kibernetika – texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli 
sistemalarda boshqaruvning umumiy tamoyillari ilmi.

Informatiqaning asosiy funksiyasi – bu informatsiyani shakllantir-
ishda turli yangi metod va tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotda 
qo‘llanilishidir. Informatika quyidagi masalalarni hal qiladi: 

Ixtiyoriy sohadagi informatsion jarayonlar tadqiqoti; 

Informatsion texniqani ishlab chiqish va yangisini yaratish, aynan 
informatsion jarayonlarni tadqiq qilishda hosil bo‘lgan natijalar asosida 
informatsiyani qayta ishlash informatsion texnologiyasini yaratish; 

Yaratishning ilmiy va texnik muammolarining yechimini hayotning 
barcha sohalariga, shuningdek ishlab chiqarish sohalariga, o‘qitishga, ilmiy 
tadqiqotlarga ham kompyuter texnika va texnologiyasi orqali olib kirish va 
samarali ta’minlash. 

Informatiqani shartli ravishda 3 ta o‘zaro bog‘liq qismlarga bo‘lish 
mumkin: 

Apparat – texnik vosita; 

Programma vositasi; 

Algoritmik vosita. 

Informatika keng ma’noda ilm, texnika va ishlab chiqarish sohalarining 
umumiy majmuasini tashkil etadi, ular inson faoliyatining barcha sohalarida 
kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida informatsiyani qayta 
ishlash va saqlash bilan bog‘liq.

Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik, programm va 
algoritmik vositalar. Shuningdek informatiqani xalq xo‘jaligi sohasi, fundamental 
bilim, amaliy tartib sifatida qarash mumkin.



Informatika xo‘jalik sohasi sifatida programm ta’minot, hisoblash 
texnikasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar majmuasidan 
iborat.

Informatika fundamental bilim sifatida kompyuter texnologiyalari 
asosida ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonining informatsion ta’minoti 
uslublarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Amaliy tartib sifatida u inson faoliyatida ishlab chiqarishning aniq 
sohalarida informatsion sistemalarni yaratish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘pincha informatsiya atamasi o‘rniga berilganlar atamasi ishlatiladi, 
lekin ular farq qiladi. Informatsiya – bu real va amaliy foydalaniladigan xabar. 
Berilganlar – bu foydalanilmaydigan, faqat saqlanadigan xabar va ko’zatishlardir.

Informatsiyani amaliy ishlatishning muhim sharti uning adekvatligi-
dir. Adekvatlik real ob’yektning hosil bo‘lgan informatsiyasi asosida qurilgan mos 
obrazning aniqlangan darajasini beradi. Adekvatlikni 3 ta asosiy formada ifodalash 
mumkin.

Sintaksis adekvatlik – jarayonning yetkazish tezligi, aniqligi, kodlash 
sistemasini aniqlaydi. 

Semantiq adekvatlik – yetkazilayotgan informatsiyaning ma’no jihatidan 
ifodasini mos holda ob’yekt obraz va uning real analogini hisobga olgan holda 
aniqlaydi.

Pragmatik adekvatlik – olingan informatsiyaning uning asosida 
shakllanayotgan boshqaruvning maqsadiga mosligini aniqlaydi.

Bu tushunchalarni yaxshiroq anglab yetish uchun hayotiy misol 
keltiramiz. Tasavvur qiling, siz avtomobil bozorida ishlovchi firmaning menedjeri-
siz va siz avtomobol texnikasi namoyishiga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnoma 
namoyish joyi, vaqti, qatnashchilar va hokazo kabi aniq informatsiyalarni o‘z 
ichiga oladi. Agar taklifnomani namoyish tugagach olgan bo‘lsangiz, u holda 
undagi informatsiya siz uchun eskirgan bo‘ladi, demak foydasiz, chunki siz undan 
foydalana olmaysiz.

Sintaksis adekvatlikning shartlarini qanoatlantirish uchun taklif-noma 
blankasi qalin qog‘ozdan tayyorlangan, butun, shrifti oson o‘qiladigan bo‘lishi 
kerak, ya’ni bu yerda biz faqatgina xabarni yetkazish jarayoni haqida qayg‘uramiz, 
blankada nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi.

Semantiq adekvatlikda bizdan taklifnomadagi xabar ifodasi holdaga 
mosligini tekshirish talab etiladi. Pavilyon raqamlari, ishtirokchilar ismlari, tadbirlr 
jadvali mos tushishi kerak. 

Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi xabarning foydaliligini aniq-
laydi. Agar siz taklifnoma yordamida kerakli taqdimot pavilyonini tez topsangiz, 
AMALIYga vaqtida borasiz va bu bilan vaqtingiz va asablaringizni tejaysiz, 
demak foydali xabar va pragmatik adekvatlikning talab-lari bajariladi.

Jamiyatni informatizatsiyalashni mos holda informatsion resurs-lardan 
foydalanish asosida informatsion talablarni qondirish va fuqarolar huquqlarini, 
tashkilotlar, uyushmalar, davlat hokimiyati organlarini shakllantirish uchun 


optimal shartlarni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik 
jarayon deb nomlash mumkin.

Bu jarayonni keltirib chiqaruvchi sababi informatsion portlash yoki hatto 
jamiyatning informatsion krizisi hisoblanadi, u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

Informatsiyaning o‘sib borayotgan hajmini qabul qilish va uni qayta 
ishlash natijasida insoniyatning imkoniyatlari orasida qarama-qarshiliklar paydo 
bo‘ladi. 

Foydali informatsiyani qabul qilishga xalaqit beruvchi ortiqcha 
informatsiyaning ko‘p miqdorliligi. 

Informatsiyaning erkin tarqalishiga qarshilik qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy baryerlarning paydo bo‘lishi.
 

Download 173,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish