«Kurs» paneli
Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs»
panelida o‘quv kursining mundarijasi ko‘rsatiladi. O‘quv kursi masofaviy ta‘lim
tizimida ochilganda huddi shu mundarija ko‘rinadi. Mundarija kurs nomi, bo‘limlar
va modullar nomlaridan tuzilgan bo‘ladi. «Kurs» panelidagi kontekstli menyudan
modul hosil qilish masturini ishga tushirish, yangi bo‘lim hosil qilish, mundarija
elementlarini nomlash va ochish mumkin.
Courselab dasturida elektron ta‟lim resurslarini yaratish
Yangi o‘quv kursi hosil qilish.
CourseLab dasturi ishga tushiriladi. «Создать новый курс» («Yangi kurs
yaratish») murojaati tanlanadi
Masterning keyingi oynasi:
- Kurs nomi beriladi,
- Kurs papkasi nomi beriladi,
- Papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi va «Далее» («keyingi») tugmasi bosiladi.
Masterning keyingi sahifasi:
- Birinchi modul nomi kiritiladi,
- uning uchun bezak shablon kiritiladi va «Далее» tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |