1
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta‘limi vazirligi
Surxondaryo viloyati xalq ta‘limi
boshqarmasi
Angor tumani xalq ta‘limi bo‘limiga qarashli
25-sonli umumta‘lim maktabi
informatika fani o‘qituvchisi
TO’GARAK REJALARI
(5-11 – sinflar uchun)
Angor -2021 yil
2
3
―TASDIQLAYMAN‖
Maktab direktori:______ M.Sadatov
―___‖ ______ 2021-yil
Angor tumani xalq ta’limi bo’limiga
qarashli
25-sonli umumta’lim maktabi
Informatika va axborot texnologiyalari
fani o’qituvchisi
QURBONOV OLIMJONNING
“KOMPYUTER SAVODXONLIGI”
nomli to’garak jurnali
4
5
Kirish
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyasi va axborot
texnologiyasidan o‘quvchilarning fan asoslarini mustahkam va chuqur o‘zlashtirishga
bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda
qo‘llash, kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil
ishlash ko‘nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va
qayta ishlashni o‘rgatish maqsadida o‘qitish jarayonining yangi shakli qo‘shimcha
mashg‘ulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘quv yili davomida 5-7-sinflarda 17 soat dan 34, 8-11-
sinflarda 34 soatdan 68 soatgacha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar ikki haftada 1 soatdan yoki ikkinchi yarim yillikda
haftasiga 1 soatdan o‘tkazilishi mumkin. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni
ishtirok etishi asosiy darsdagi kabi tashkil etishi shart.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun o‘quv soatlari maktabning pulli va pulsiz to‘garak
mashg‘ulotlari hisobidan tashkil etiladi.
Pulsiz mashg‘ulotlar amaldagi o‘quv dasturining uzviy davomi sifatida maktabning
Informatika va axborot texnologiyasi fani o‘qituvchisi tomonidan o‘tilib, sinf jurnaliga
rasmiylashtiriladi.
Qo‘shimcha mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan
qiziqishni rivojlantirish, ularning darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi bilim, malaka va
ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Informatika
va
axborot
texnologiyasida
o‘tkaziladigan qo‘shimcha dars
mashg‘ulotlari asosiy dars jarayonida egallangan bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shundagina qo‘shimcha mashg‘ulotlar dars
mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi.
Qo‘shimcha
mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchi
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr
yuritish ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o‘qitish metodlari, axborot
kommunikatsion texnologiya vositalari va axborot-ta‘lim resurslaridan foydalanish
tavsiya etiladi. Bevosita Informatika va axborot texnologiyasi fanidan kompyuter
operatori, Ofiice dasturlarini o‘rganish, dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar
tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha
mashg‘ulotlar tashkil etish mumkin.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |