17
jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‗zgartish va
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yanada
qulay sharoitlar yaratish,
biznes muhitni yaxshilash, pirovardda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga
qaratildi.
Jumladan, agar shaxs O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-
moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to‗lovlarni
to‗lashdan bo‗yin tovlash) birinchi marotaba sodir etib, soliq tekshiruvi
materiallarini ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organining
qarorini olgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kun ichida
soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga
yetkazilgan zararning o‗rnini to‗liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga aybdor tomonidan soxta bankrotlik va
bankrotlikni yashirish orqali yetkazilgan moddiy zarar to‗liq qoplanganda
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo qo‗llanilmasligini nazarda tutuvchi
rag‗batlantiruvchi norma o‗zgartirildi.
Savdo yoki xizmat ko‗rsatish qoidalarini ancha yoki ko‗p miqdorda
buzganlik uchun javobgarlik jinoiy yurisdiksiyadan ma‘muriy yurisdiksiyaga
o‗tkazildi.
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi Sakkizinchi bo‗limidagi
Atamalarning
huquqiy ma‘nosidan ―mas‘ul mansabdor shaxs‖ atamasi chiqarib tashlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida
ma‘muriy-taqsimot va ma‘muriy-xo‗jalik vakolatlarini amalga oshiruvchi
mansabdor shaxslar javobgarligini yumshatish va tadbirkorlik faoliyatiga to‗sqinlik
qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‗liq hamda xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa
jinoyatlar uchun javobgarlik belgilandi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga xususiy mulk
huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini
tekshirish va moliya-
xo‗jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish, tadbirkorlik subyektlarining
faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni
qonunga xilof ravishda to‗xtatib turish, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va
boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, litsenziyalash to‗g‗risidagi qonun
hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzish,
imtiyozlar va preferensiyalarni qo‗llashni g‗ayriqonuniy ravishda rad etish,
qo‗llamaslik yoki qo‗llashga to‗sqinlik qilish, xo‗jalik yurituvchi subyektlarga va
boshqa tashkilotlarga pul mablag‗lari berishni asossiz ravishda kechiktirish,
tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‗lari mavjudligi
to‗g‗risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish,
tijoratda pora
evaziga og‗dirib olish va boshqa qilmishlar uchun javobgarlik belgilandi. Shu
munosabat bilan Jinoyat kodeksi 205–214-moddalari yangi tahrirda bayon etildi.
Jumladan, 2017-yil 29-martdagi 421-sonli ―Fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlashga doir qo‗shimcha
chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining
18
ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni
2
bilan ―qamoq‖ tariqasidagi jinoiy jazo
depenalizatsiya qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq bo‗lmagan
―majburiy jamoat ishlari‖ tariqasidagi jinoiy jazo penalizatsiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: