Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari.
Qotma qo‘zg‘atuvchisi yirik
ingichka, harakatchan (peritrix) tayoqcha, uzunligi 4-8 mkm, eni 0.4-0.6 mkm.
zararlangan to‘qimalardan tayyorlangan surtmalarda bakteriyalar alohida, 2-3 tadan
guruh bo‘lib, kulturalardan esa ayniqsa suyuq muhitlarda uzun, egilgan iplar shaklida
joylashadi. Mikrob kapsula hosil qilmaydi. Yumaloq sporalar hosil qiladi. Sporalar
hujayradan 2-3 marta keng bo‘lib, tayoqchaning uchida, baroban tayoqchasi shaklida
joylashadi. Sporalar kulturalarda 2-3 sutkadan keyin ,shuningdek organizmda ham
paydo bo‘ladi. Sporali tayoqchalar harakatsizdir. Mikrob grammusbat, lekin eski
kulturalarda bir guruh bakteriyalar grammanfiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |