Bog'liq traktor va qishloq xojalik mashinalari konstruksiyasi
Yonilg`ini purkash forsunkalarini asosiy quyidagi turlar mavjud: -Elektr magnitli;
-Elektr gidravlikli;
-Piezoelektrik.
Elektr magnitli forsunka. Elektr magnitli forsunkalar benzinli dvigaellarda
o`rnatiladi. Forsunkani tuzilishi juda oddiy qilingan bo`lib, u ignali elektr magnitli
klapan va to`zitgich plastinadan iborat.
Elektr magnitli forsunka quyidagicha ishlaydi. Ta`minlash tizimining barcha
datchiklari elektron boshqaruv blokka dvigatelning yuklamasi haqidagi axborotni
kuchlanish turida beradi va qisqa vaqt ichida EBB ma`lumotlarni algoritmik hisoblab
elektr magnitli forsunkaning elektr magnit chulg`amiga kerakli kuchlanishdagi tokni
yuboradi. U yerda fizik jarayon hosil bo`lib, chulg`amdagi magnit maydonining
miqdoriga qarab magnitli klapan ochilib yonilg`ini purkalishini hosil qiladi. Elektr
magnit kutblariga kuchlanish EBB tomonidan uzilganda prujina forsunka ignasini o`z
joyiga qaytaradi.