Silindrni to‘ldirish usuli bo‘yicha: -nadduvsiz dvigatellar (bunda silindrning ichiga kirgan havoning yoki aralashmaning
bosimi atmosfera bosimiga teng yoki kichik bo‘ladi);
-nadduvli dvigatellar (bunda silindrning ichiga havo yoki aralashma bosim ostida
kiritilgani uchun silindrning ichidagi bosim atmosfera bosimidan yuqori bo‘ladi);
Yonish kamerasining tuzilishi bo‘yicha: -ajralmagan yonish kamerali (bir kamerali) dvigatellar;
-yarim ajralgan yonish kamerali dvigatellar (bularda yonish kamerasi porshen tubida
joylashgan bo‘ladi);
-ajralgan yonish kamerali dvigatellar (old yonish kamerali va uyurma yonish
kamerali dvigatellar).