13
1.4 Traktor va avtomobillar qismlari tasnifi
DVIGATEL-
biror turdagi energiyani qulay bo‘lgan mexanik energiyaga
aylantirib beradi. Traktor va avtomobillarning harakat qilishi uchun ularga zarur
bo‘lgan mexanik energiyani hosil qiladi. Dvigatel silindrlarida yoqilg‘ining
yonishidan hosil bo‘lgan issiqlik energiya mexanik energiyaga, ya’ni aylanma
harakatga aylantiradi.
KUCH UZATMASI-
dvigateldan etakchi g‘ildiraklarga (zanjirli traktorlarda
yulduzchalarga) burovchi momenti uzatadi hamda etakchi g‘ildiraklarning aylanish
tezligi va yo‘nalishini o‘zgartirish uchun hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: