O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti


Ijtimoiy muxitning o’quvchi shaxsi rivojlanishiga ta’siri



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana01.02.2022
Hajmi0,75 Mb.
#422001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
XO’JAMQULOVA DILSHODA 120-guruh

4. Ijtimoiy muxitning o’quvchi shaxsi rivojlanishiga ta’siri 
Bola kamolotida ijtimoiy muxit ham muhimdir. CHunki ishlab chiqarish 
munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar
kishiga alohida ta’sir qiladi. Ijtimoiy aloqa, ya’ni insonlararo o’zaro
munosabat natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli
tajriba va bilimlarni egallaydi. Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta’siri
turli tarixiy davrda (formatsiyalarda) turlicha bo’ladi , turli sotsial
guruhlarga ham turlicha ta’sir etadi. Shunday ekan, hozirgi zamon
pedagogika fani muhitga, uning inson rivojlanishidag’i ta’sirining roliga
alohida e’tibor beradi. Muhit tushunchasiga kiradigan ijtimoiy hayot
voqealarining shaxsga ta’siri g’oyat muhim ekanligini ko’rsatadi va ijtimoiy
muhit abadiy emas, o’zgaruvchan deb qaraydi. Shuning uchun muhit inson
taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo uning ta’siri
ham rad etilmaydi. Tarbiya muhit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi
tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiyaning xususiyati shundak, u aniq
maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida
tarbiyachi rahbarligida muntazam amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya
ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning
hamkorligi bilan belgilanadi. Inson kamoloti irsiyat yo’li bilan orttirilgan va
tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay, balki butun hayoti davrida uni


26 
qurshab olgan voqelik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan ham
belgilanadi. Shubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga,
uning badani tuzilishiga ta’sir eta olmaydi, lekin jismoniy taraqqiyotga ta’sir
etishi mumkin. Chunki maxsus tashkil etilgam jismoniy mashqlar orqali
bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Insonning tabiiy
qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish
orqali rivojlanishi mumkin. Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish, uni
qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik
va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi
fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Garchand inson
kamolotiga ta’sir etadigan omillar bir qancha bo’lsa ham , lekin maxsus
tarbiya muassasalarida tarbiyachi rahbarligida amalga oshiriladigan tarbiya
jarayoni yetakchi hisoblanadi. Chunki, birinchidan, tarbiya ta’sirida turli
fazilatlar o’zlashtiriladi va bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik
faoliyat bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan
tarbiya orqali hosil qilinadi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma
kamchiliklarni ham o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan,
ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish
yoki bartaraf qilish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan
maqsadni belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini
tezlashtiruvchi rol ь o’ynaydi. Inson kamol topishida maktabning ahamiyati
katta. Bolalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band
bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarini egallash bilan birga, ularda sekin-
asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi . O’qituvchitarbiyachilarning
rahbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Tarbiyaviy
ishlarni reja asosida tashkil etish, bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt 
yordam ko’rsatadi . Tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchisining oilaviy sharoitidan
xabardor bo’lishi , pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo’lgan
oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini


27 
kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz
emas. Chunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta’siriga
berilib ketishi mumkin. Inson faqat faoliyatda rivojlanadi, undan tashqarida
rivojlanish yo’q. Bola juda yoshligidan boshlaboq kattalar yordamida tashqi
muhit bilan turli xil aloqada bo’ladi. Maktab yoshida bu aloqalar o’qish va
shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa faoliyat bilan bog’lanadi va bular
rivojlanish uchun manba sanaladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan
har qanday faoliyat shaxsning aqliy va irodaviy rivojlanishiga ta’sir etadi .
Demak, bola ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham shakli va mazmuni
bilan hamohang o’zgarib boraverar ekan. Masalan, bog’cha yoshida bolalarning
asosiy faoliyat turi o’yin bo’lsa, maktab o’quvchisi uchun o’qib, mehnat
qilish asosiy faoliyat bo’lib qoladi. Demak, bola hayotida faoliyat turlarining
o’zaro munosabati ham o’zgaradi va buning ta’sirida bola kamoloti ham
yangi, yuqoriroq bosqichga ko’tariladi. Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri
uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy , estetik,
jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi . Rahbarlik
qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Shunday
qilib, inson taraqqiyotining ilmiy kontseptsiyasi inson kamolotiga ta’sir
etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini 
shakllantirishni yagona va bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Bu
jarayonda insonning faolligiga katta o’rin beriladi. U faolligi bilan o’z
shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachi tomonidan qo’yiladigan maqsad aniq
bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan
natijaga erishiladi. Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan yana biri bu 
muhitdir. Muhit deganda kishiga hayajonli ta’sir etadigan tashqi voqealar
majmuasi tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti kiradi.
Shular bilan birga muhit-oila sharoiti ham katta ta’sir kuchiga ega. Chunki
bola ko’z ochib otaonasini, qarindosh urug’ini ko’radi. Bola kamolotida
ijtimoiy muhit bo’lib hisoblanad . Chunki bu yerda ishlab chi qish
munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar


28 
alohida ta’sir qiladi. Bu xil munosabat natijasida odam bolasi hyotga va
tajriba va bilimlarini egallaydi. Inson kamolotida ijtimoiy muhitning ta’siri
turli tarixi y davrda turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlicha
ta’sir etadi. Bizga ma’lumki komil inson shaxsni tarbiyalashda yuqoridagi
omillardan tashqari yana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta
hisoblanadi. Chunki jamoa har qanday bola tarbiyas ini to’g’ri yo’lga soladi.
Masalan, sinf jamoasini oladigan bo’lsak , agar shu sinfda bir yomon ya’ni
xulqi , tarbiyasi ji hatdan yomon bulsa, shu sinf jamoasi uni asta-sekinlik
bilan o’z ta’sirini albatta o’tkazadi. Ya’ni qanday yo’llar bilan degan savol
tug’ ilish mumkin. Masalan, tadbirlar yoki sayohatlar orqali. Komil inson
shaxsini tarbiyalashda jamoaning ahamiyati juda katta. Azal -azaldan
bizgacha ota-bobolarimizdan qolgan o’lmas maqollarimizdan birini shu
o’rinda keltirib o’tmoqchiman; « Aqlni beaqldan o’rgan», ushbu maqol
zamirida bir qancha ma’nolar bor. Ya’ni jamoada har xil bolalar bo’lib, ular
bir-biriga qarab ham o’zlaridagi yomon xulqlarni yuqotadilar. Bu xislatlar
esa ularning komil inson bo’lib tayyorlanayotganidan darak beradi. 
O’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi 
ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir.
Bu bolalar va o’smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini 
kengaytiradi, O’z-o’zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik
maktabidir. O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi o’quvchilar tomonidan fan va
mashg’ulotlarning to’liq o’zlashtirilishiga, biror kasb o’rganishiga, Vatanga
sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo’lishiga maktabdan
tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko’z qorachig’iday
asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko’maklashadi. O’z-o’zini boshqarish
o’quvchilarni mustaqil hayotga, to’rmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash,
ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash ma’muriyatga qo’shimcha
ta’lim olish uchun o’quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko’maklashadi. 


29 
O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi a’zolari maktab va maktabdan tashqari 
ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarn 
jihozlashda faol ishtirok etadilar. Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi
ko’nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g’oyalari bilan ahil , jipslashgan
o’quvchilar jamoasini tuzadi. O’quvchilar o’zo’zini idora qilish tizimi
maktab o’quvchilari (jamoasi ) tomonidan o’zining faoliyatida demokratik
faoliyat tarzlarini chuqur o’zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu
to’g’ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo’lga qo’yish,
harakatlar, tashabbuskorlikning uyg’unligini ta’minlash, musobaqalar 
uyushtirish, o’z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko’nikmalardan iborat.
Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo’lgan qator axloqiy
sifatlarni , chunonchi , jamoat ishiga va unga qo’shadigan ulushi uchun
shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik , o’zaro munosabatlarning
qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo’llab-quvvatlash kabi sifatlarni
egallaydi. Maktabda o’quvchilarning mustaqil faoliyati , barcha pedagogik
jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo’lsagina o’qituvchilar va o’quvchilar
o’rtasida o’zaro chuqur hurmat, xayrixoxdik, ishonch bo’lgan sharoitdagina
tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo’lmasligi
kerak. Barcha o’z-o’zini idora qilish tashkilotlari o’z faoliyati yuzasidan
vaqti -vaqtida hisobot berib turishi , so’z va ish birligi saqlanishi , har kim
huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag’batlantirilishi e’tiborda
bo’lishi kerak. Bunda, albatta, bolalarning Respublika bolalar va o’smirlar
uyushmalari bilan hamkorligi katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda 
mamlakatimizdagi har bir oilada mobil telefoni, kompyuter, planshet kabi vositalar 
mavjud bo‘lib, ularni kimdir asosan muloqot qilishda qo‘llasa, kimdir mustaqil 
bilim oshirish maqsadida foydalanadi. Mazkur vositalar taqdim etadigan 
imkoniyatlardan biri internet xizmatidan keng foydalanish ham odatiy hol bo‘lib 
qoldi. Hozirgi davrda ko‘plab mahallalarda bolalar va yoshlar uchun turli 
to‘garaklardan tashqari, Internet kafe, kompyuter o‘yinxonalari ham mavjud. 
Mazkur maskanlar doim bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Shu boisdan ham Internet 


30 
tarmog‘idan yoshlar ongiga kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali 
va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi 
davrimizning mo‘jizalari bo‘lgan kompyuter va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari juda qulay imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, talay jiddiy 
muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur muammolarning oldini olish va 
ularni hal etish uchun esa ota-onalar, o‘qituvchilardan farzandlariga yanada 
hushyor va e’tiborli bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etadi. Shu 
maqsadda mahallalar qoshidagi yoshlar
va voyaga yetmaganlar bilan ishlash 
komissiyasi, ota-onalar va pedagog xodimlar bilan har oyda tuman ichki ishlar 
bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishi ham yaxshi samara 
beradi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari Internet kafe va kompyuter 
o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazib, dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan 
suhbatlashishlari ham muhim ahamiyatga molik. Mahalla guzarlarida o‘smir 
bolalarning bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan band etish ham yaxshi samara 
beradi. Mahallalarda olib boriladigan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy 
maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kamolga yetkazish, oila-mahalla-maktab 
hamkorligini ta’minlash va yanada kuchaytirishdan iborat. «Sog‘lom bola yili» 
Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat 
tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta’lim muassasalari mutaxassislari, 
oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo 
etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma’nan 
sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish