96
wrmonlar nina bargli, kengbargli va aralash
wrmonlarga bwlinib tasvirlansa,
mayda masshtabli kartada wrmon birgina belgi bilan tasvirlanadi.
Kartada miqdor kwrsatkichlarni tasvirlaganda generalizatsiyaning roli
katta. Masalan, ah’oli yashaydigan joylarda uzluksiz shkaladan pag’onali
shkalaga wtish
ё
ki relefning kesim balandligi (5 metrdan 10 metrga wtish)
wzgarishi mumkin.
Kartada tasvirlana
ё
tgan tafsilotlarni tanlash (tsenz) asosida chegaralash
bilan h’am generalizatsiya qilish mumkin. Masalan, 1:10 000 masshtabli kartada
1 dm
2
da 10 ta ah’oli yashaydigan
joy tasvirlangan bwlsa, 1:100 000 masshtabli
kartada 2 ta ah’oli yashaydigan joini berish kerak deb chegaralab qwyilgan
bwladi.
Geometrik aniqlik generalizatsiyaning asosiy kwrsatkichi h’isoblanadi.
Masalan, meandr h’osil qilib oqadigan dar
ё
ni twg’ri chiziq bilan kwrsatish
ё
ki
geometrik shaklda tasvirlangan ah’oli yashaydigan joylarni punson bilan
tasvirlash natijasida geometrik shakli wzgaradi.
Generalizatsiya kartada tasvirlana
ё
tgan tafsilotlarni qay darajada
wrganilganligi h’am malum darajada rol wynaydi. Tafsilotlar etarli darajada
wrganilgan bwlsa keraklilarini saralab olish oson bwladi. Natijada saralab-tanlab
olish jara
ё
ni birmuncha tezlashadi.
Agar tasvirlana
ё
tgan tafsilotlar etari bwlmasa
ё
ki
manbalar etarli bwlmasa
generalizatsiya h’am twliq bwlmaydi. Masalan, bashorat (prognoz) kartalarida
buni kwrish qiyin emas. Obi-h’avo twg’risida malumotlar qancha kwp bwlsa,
ularni ichidan tanlab olish qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar bunday malumotlar kam
bwlsa, tanlash imkoniyati kamayib borishini tasvirlashga twg’ri keladi.
Generalizatsiya qilishda tasvirlana
ё
tgan voqea va h’odisalarning shakliga
va rang tasviriga h’am qaraladi. Belgilar bilan
tasvirlangan obektlarning
wquilishiga aloh’ida etibor beriladi. Masalan, shah’arlardagi binolarning shakli
saqlanib, maydoni wzgaradi. Shakllarning kwp va kamligidan tashqari qaysi
ranglar bilan tasvirlanishiga h’am bog’liq. Masalan, okean va dengizlardagi
tasvirlangan orollar kwk rang ichida aniq kwrinadi. Shuning uchun kartada
geometrik shakl va chiziqlarni generalizatsiya qilganda qaerda tasvirlanganini
h’isobga olish kerak. Agar shah’ar dar
ё
ning h’ar
ikki tomonida joylashgan bwlsa,
topografik kartalarda shah’arning aniq shaklini kwrsatish mumkin, yani dar
ё
ning
ikki tomonida kwrsatiladi. Mayda masshtabli kartada shah’ar punson bilan
tasvirlanib dar
ё
ning faqat bir tomonida tasvirlanishi kerak.
Kartadan tafsilotlarni h’aqiqatga twg’ri keladigan darajada ishonchli qilib
tasvirlaganda tafsilotlarning geometrik va tipik xususiyatlari va ular orasidagi
bog’liqlik h’amda bir-biriga aloqadorligi h’isobga olinishi zarur.
Mayda
masshtabli kartalarda (ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda) transport ywllarini
kwrsatish juda zarur. Lekin bunda masshtab etiborga olinmaydi. Chunki
masshtab etiborga olinsa, 1 mm ywg’onlikda tasvirlangan xalqaro avtomobil
ywlning kengligi (agar masshtab 1:1 mln. bwlsa) 1 km ga teng bwlishi kerak.
Shuning uchun bunday vaqtda masshtabsiz shartli belgi bilan kwrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: