Buxoro filiali «yer tuzish va yer kadastri» kafedrasi yer monitoringi


 Yer monitoringini yuritish prinsiplari



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana01.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#421102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
yer monitoringi

3. Yer monitoringini yuritish prinsiplari 
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi prinsiplariga 
amal qiladi: 
1. Xar xil ma’lumotlarni taqqoslash va o’zaro birikishlik prinsipi. U yagona 
klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma’lumotlari, koordinat va 
balandlikning YAgona davlat tizimi kullanishiga asoslanadi; 
2. Monitoring yuritishing uygunligini, texnologiyalar va uslublar birligini 
nazarda tutadigan birlik pritsipi; 
3. Yer fondidan foydalanishi va holati yer monitoringining ma’lumotlariga 
xakikata ham muvofiq kelishi darajasini tavsiflaydigan aniqlik va ishonchlilik 
prinsipi; 
4. Ma’lumotlarning tulaligi prinsipi – aniq vazifalarni echish uchun axborotlar 
tula va etarlicha bo’lishi zarur; 
5. Yer monitoringini yuritishning uzluksiz prinsipi. Yer munosabatlarini qayta 
tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat tavsifining o‘zgarishida 
uning ayrim toifalari o‘zgarishi yer resurslariga antropogenli nagruzkaning kuchayishi 
yer fondini taksimlash va tarkibida turli xil o‘zgarishlar ruy beradi. Shuning uchun 
axborotlarni vaqti-vaqti bilan yoki muntazam yangilab turish yuli bilan yer 
monitoringini yuritishning uzluksizligini ta’minlash zarur. 
Kolgan prinsiplardan yana quyidagilarni ta’kidlash kerakki, kurgazmali prinsipi 
(xarita, atlasla, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi prinsipi (davlat yoki 
tijorat sirini tashkil etadigan ma’lumotlardan tashkari); tejamkorlik va samaradorlik 
prinsipi (yer monitoringi ma’lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni olishni 
ta’minlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni kullash); markazlashtirilgan 
raxbarlik prinsipi (O‘zbekiston Respublikasi mikyosida yagona uslub bo’yicha 
yagona markazlashgan monitoringini o‘tkazish). 
Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tasvirlar, kidirishlar, taftish qilish 
(topografo-geodezik, tuproqning, geobotanikli, agrokimyoviy, meliorativli, shaxa 
kurilishi va boshqalar); maxsus kuzatishlar (toglardan kuchib yigilgan kor uyumi, sel 


toshkini, gliyasiologli, radiologichli va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, 
balandda uchadigan samalyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichiq aviatsiya 
vositasi yordami bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli 
dalillardan foydalanish. 
Balandda uchadigan samalyotlar bilan kosmik tasvirga tushirish va 
kuzatishlarning asosiy vazifasi – global va mintaqa darajasida yer holatini bilib 
olishdir. Kichiq aviatsiya yordami bilan maxalliy yer monitoringi va ayerokosmikli 
axborotni aniqlash uchun olib boriladi. 
Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2ta asosiy asbob-uskunalar 
guruxlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: 
-
Video va rasmaxborot (ayerofotoapparatura, ko’p zonali skanyer uskunalari, 
radiolakatorlar, televidenie kanallar va boshqalar); 
-
Trassali guruxlar asboblari (spektrometr, SVCH va IK – radiometlar va 
boshqalar). 
Yer ustida kuzatish poligonlarda, etalonli uchastkalarda, agrokosmik 
axborotlarni 
ishlab 
tayyorlash 
uchun 
tayanch 
axborotlarni 
tuplashning 
avtomatlashtirilgan statsionar punktlarida utaziladi va bu ma’lumotlarni zond bilan 
masofali tekshirish uslubi bilan olish mumkin bo’lmaganda yer fondining holati 
to’g’risida ma’lumotlarni olish. 
Yer ustida kuzatishlarni ta’minlaydigan texnika vositalari majmuasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
-
Yer ustida xarakatlanuvchi stansiyalar; 
-
Avtomobillar shosseda yuqori darajada utishi mumkin bo’lgan va tuproq namligini 
o‘zgarishini kimyoviy tahlili uchun jihozlangan priborlar, shuningdek EXM va 
telemetriyani uzatish; 
-
Qabul qilish moslamasini ta’minlovchi texnikaviy vositalar majmuasi. 
Arxivlarda (fondlarda) yer monitoringining materiallari tuplanishi va AIS 
bazalarida (O‘zbekiston yerlari) taksimlanishi quyidagi sxema bo’yicha amalga 
oshirriladi. 
Ma’muriy tumanlar, shaxarlarda yer – suv mulkining tashki ko’rinishi uchastkalar, 
ayrim dalalar, yerdan foydalanish va yerga egalik qilish, barcha yer fondining holatini 
tavsiflaydigan maxalliy monitoringining dastlabki ma’lumotlari tuplanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining tarkibidagi muxtor respublika va viloyatlarda, 
ularning tarkibiga kiradigan tumanlar, shaxarlar shuningdek, ayrim ekologik 
mintaqaviy tavsifga ega bo’lgan ob’ektlar bo’yicha hamma ma’lumotlarni o’z ichiga 
olgan ma’lumotlar shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi darajasida, respublikaning 
tarkibida muxtor respublika, landshaft-ekologiya bo’yicha hamma ma’lumotlarni o’z 
ichiga olgan ma’lumotlar shakllanadi. 
Yer monitoringining shakllangan bazasi va banki foydalanishlari mumkin: 
-
Davlat va maxalliy boshqarish organlari; 
-
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi va uning 
joylardagi bo’limlari; 
-
Yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar; 
-
Ayrim fukarolar; 


-
Yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni 
muhofaza qilish soxasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar; 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Korakalpogiston Respublikasi viloyatlar 
davlat va munitssipal boshqaruv organlariga zaruriyatga qarab tezlashtirilgan 
ma’lumotlar, bashoratlar, mavzuli xaritalar uzib chiqadilar va akdim etadilar hamda 
xar yili birinchi yanvargacha “Yer resurslari davlat qo‘mitasi” ga mintaqaning yer 
fondi holati to’g’risida yillik hisobot tayyorlanadi. O’z navbatida Yer resurslari davlat 
qo‘mitasi yer monitoringi axborotlarii umumlashtirib zaruriyatga qarab tezkor 
ma’lumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli xaritalar va atlaslar tuzib chiqadilar va 
manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga takdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasiga 
keyingi hisobot yili uchun xar yili 1 aprelda kechiqtirmasdan O‘zbekiston 
Respublikasining yer fondining holati to’g’risida hisobot yuboradi. 



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish