2)
Tezkor axborot – yer resurslari o‘zgarishining miqdor va sifatini aks
ettiradi. Bunday holatda tuman va viloyat yer resurslari boshqarmalarining statistik
hisobotlaridan foydalaniladi.
3)
Ma’lumotli axborot – yerlar holatiga u yoki bu salbiy ta’sir
ko‘rsatishning favqulotda vaziyatini aks ettiradi. Bunday axborotning manbai –
zond bilan masofali kuzatish uslubi va yer ustida taftish o‘tkazishdir.
Yer monitoringining mintaqaviy tizimini muhim vazifalaridan biri
landshaft – ekologik rayonlashtirishni ishlab chiqishdir.
O‘zbekistonning hozirgi zamin landshafti turli – tuman tabiiy, tabiiy –
antropogen va antropogen tashkil topishini ifodalaydi, ularning tuzilishi va holati
quyidagilar natijasidadir:
Birinchidan, tabiat hodisalarining ro‘y berishi;
Ikkinchidan,
inson
va
tabiatning
birgalikdagi
ko‘p yillik
faoliyatlaridir. Yerdan foydalanishning tuzilishi hududning tabiiy, tarixiy va etnik
xususiyatlari bilan muvofiqlikda shakllanishi. Bu o‘z navbatida yerdan
foydalanishda salbiy jarayonlarning oldini olish bo‘yicha chora – tadbirlar va
xo‘jaliklarning ixtisosligini belgilab beradi.
Hududni landshaft – ekologik rayonlashtirishning asosiy vazifasi
landshaftli muammolar va tabiiy muhit o‘zgarishi darajasini o‘rganish
(aniqlash)dan iboratdir.
SHu bilan birga tabiiy majmualarda, texnologiyalarda, xususiyatida
saqlanishi katta ahamiyatga ega. Ular landshaft – ekologik balansini
(muvozanatini), yerlardan foydalanish turlari va hududning ekologik kartasini
shakllantirish uchun zarurdir.
Landshaftga oid tekshirish dala (statsionar va ekspeditsiyali) taftish qilishni
o‘z ichiga oladi. Landshaftli tekshirishning birlamchi bosqichi – landshaftli
tasvirlash va kartografiyalashtirish, landshaftli tasvirlar kichiq masshtabli landshaft
– ekologik xaritalarni (1:25000) yaratish uchun asos tashkil etadi. Bunday xarita
bitta yoki bir qancha jarayondaki, ularning tarqalishi batafsil tavsifi,
shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘sha masshtabda kartalar tuzib
chiqish uchun asos bo‘ladi. Bu xarita yoki bu salbiy oqitlarni baholash uchun bazis
(asos) bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda har qanday hudud rivojlanishining xo‘jalik harakati va
barcha rejalari tabiatda landshaft – ekologik muvozanatni saqlab qolishga, yerlar
degradatsiyasi mavjud bo‘lgan joylarni yo‘q qilishi va betaraflantirish to‘la imkon
beradigan qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa antropogenli o‘zgargan strukturasini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: