Bog'liq Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi
G’USLNING VOJIB BO‘LISHI G‘uslni vojib qiladigan amallar beshtadir.
1. Nutfaning (maniy) lazzat va shiddat bilan chiqmog‘i. Maniy o‘z makonidan lazzat va
shiddat bilan ajralib, andomdan sust holda chiqsa ham Imomi A’zam mazhabida g‘usl
vojib bo‘ladi.
IZOH: Nutfa shunday suvki, bu suv sababidan Alloh taolo o‘z qudrati bilan hamma
jonzotlarini yaratadi. Nutfa erkakka ham, ayolga ham barobar bo‘lib, erkak kishining
pushtidan, ayollarning ko‘kragidan ajralib chiqadi. Erkaklarning nutfasi quyuq va oq
rangli, ayollardan keladigan nutfa esa quyuq va sariq rangda bo‘ladi. Farzandning ota
yoki onaga o‘xshamog‘i ushbu suvga bog‘liqdir. Agar erkakdan keladigan nutfa oldin yo
ko‘proq bo‘lsa, farzand otaga, aksincha bo‘lsa, onaga o‘xshab tug‘iladi.
2. Jimo’ qiluvchining zakari uchi jimo’ qilinganning oldi yoki orqasida g‘oyib bo‘lmog‘i.
Ushbu holatda maniy inzol bo‘lsa yo bo‘lmasa, ikkisiga ham g‘usl vojib bo‘ladi.