G’USLNING FARZLARI Insonga qaysi sababdan bo‘lmasin g‘usl qilish vojib bo‘lgan holatni janobat deyiladi.
Janobat - nopoklik holati ekanligi barchamizga ayon. Shuning uchun musulmonlarga
ushbu holatda g‘usl qilib (cho‘milib), poklanish zarur.
Janobatdan so‘ng g‘usl qilishning farzligi Qur’oni karim oyatlari asosida sobit bo‘lgan.
Jumladan, Alloh taolo “Moida” surasining 6-oyatida:
“...Agar sizlar junub bo‘lsalaringiz, xo‘b (yaxshilab) poklaninglar!” deb buyuradi.
G‘uslda uchta farz bor: Og‘izni yuvmoq, burunni chaymoq, butun badanga suv
yetkazmoq.
Og‘izni yuvganda g‘arg‘ara qilish lozimki, suv tomoqqacha borsin. Agar tishlarning
orasida taom qolgan bo‘lsa, tishni tozalab, ularning o‘rniga suv yetkizmoq kerak. G‘usl
qilganda og‘iz yuvish xayolidan ko‘tarilgan bo‘lsa, og‘izning o‘zini uch marta g‘arg‘ara
qilish, kifoya.
Burunga ham chuqur suv tortib yuvish kerak. Chunki suv dimoqqacha yetib, achitsin.
Ro‘zador bo‘lmasa astoydil chayish lozim. Ro‘zador kishiga g‘usl vojib bo‘lib qolsa, og‘iz
va burunni ehtiyot bo‘lib yuvsin. Chunki suv tomoq va dimoqqacha borsa, oshqozonga