Bozor qiymati
ˮ tushunchasi ko‗chmas mulk sohasida
tez-tez ishlatiladi. Mazkur tushuncha bozorning jamoaviy idroki va
xatti-harakatlarini aks ettiradi hamda bozor iqtisodiyotining ko‗pgina
resurslarini baholash uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Biroq shuni nazarda
tutish lozimki, ko‗chmas mulkning bozor qiymati muayyan holatda
foydalaniladigan ta‘rifga qarab turli ma‘noga ega bo‗lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ashyoviy va boshqa huquqlarning
bozor qiymatini aniqlash mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga
solish mexanizmining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi.
Mulkni baholash milliy standartlarida bozor qiymati o‗xshash
marketingdan so‗ng ixtiyoriy xaridor va ixtiyoriy sotuvchi o‗rtasidagi
tijoriy bitim natijasida baholash sanasida mulkning bir qo‗ldan
boshqasiga o‗tishi ko‗zda tutiladigan pul summasiga teng bo‗lgan
12
hisob-kitob miqdori sifatida aniqlanadi; bunda har bir tomonning
e‘tiborli, hisob-kitobli va majburiyatsiz harakat qilishi talab etiladi.
―Bozor qiymati‖ tushunchasiga O‗zbekiston Respublikasining
―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunida quyidagicha ta‘rif berilgan
1
:
―Baholash obyektining bozor qiymati deganda, eng ehtimoliy narx
tushunilib, unga ko‗ra mazkur baholash obyekti ochiq bozor sharoitida
bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‗lgan o‗z manfaatlari
yo‗lida oqilona ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland
pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan, taraflardan
birining ushbu bitimga qo‗shilish majburiyati aks etmaydi‖. Bozor
qiymatini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
Agar biror baholash obyektining majburiy baholanishini
amalga oshirish talablarini o‗z ichiga olgan me‘yoriy hujjat yoki
baholash obyektini baholash to‗g‗risidagi shartnomada muayyan
baholash turi belgilanmagan bo‗lsa, u holda mazkur obyektning
bozor qiymati belgilanadi. Shuningdek, mazkur qoida O‗zbekiston
Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risidaˮgi qonuni yoki
baholash obyektining qiymat turini aniqlaydigan atamalarni baholash
standartlarida ko‗zda tutilmagan me‘yoriy hujjatda foydalanish
hollarida ham qo‗llanilishi mumkin.
―Baholash‖ (appraise) fe‘li, bir necha xil ma‘noga ega. U narxni
aniqlash, qiymatni belgilash, miqdorni baholash, nimanidir sifati qadr-
qimmati haqida xulosa chiqarish kabi ma‘nolarni anglatadi.
Baholovchilar amal qiladigan baholash jarayoni barcha ma‘nolarni
qamrab olishi tufayli baholovchi nafaqat baholanayotgan obyektning
qiymatini aniqlaydi, balki qiymatni aniqlash uchun miqdoriy va sifat
ko‗rsatkichlarini belgilaydi.
―Baho‖ (appraisal) atamasi ham qo‗yilgan shart va maqsad
mazmuniga qarab bir necha ma‘noga ega bo‗lishi mumkin. U baholash
bo‗yicha harakatni, yoki qiymat haqidagi xulosani, yoxud tadqiqotlar
natijalari taqdim etilgan hisobotni anglatishi mumkin.
1
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni. O‗zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‗plami. 2009 y. 15-son, 178-modda.
13
Baholash faoliyatida ishlatiladigan baho va baholash so‗zlariga
quyidagicha ta‘rif qabul qilindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |