O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

ajratish usuli 
bilan quyidagi formula 
bo‗yicha hisoblanadi: 
Ey
= Ejis+Efunk+Eyuz,
bu yerda: 
Ejis – jismoniy eskirish;
Efunk – funksional eskirish; 
Eyuz – yuzaki (iqtisodiy) eskirish. 
Ajratish usulidan bozor ekstraksiyasi usuli yoki iqtisodiy yosh usulini 
qo‗llash uchun zarur axborot bo‗lmaganida foydalaniladi. 
53.
Jismoniy eskirish yoshini aniqlashda baholovchi bartaraf etib 
bo‗ladigan jismoniy eskirish va bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy 
eskirishni hisoblaydi. 


420 
Qoida tariqasida, yaxshilashlardan qoniqarsiz foydalanilganda vujudga 
keladigan bartaraf etib bo‗ladigan jismoniy eskirish qiymati yaxshilashning 
normal foydalanish tavsiflarini tiklash xarajatlari asosida hisoblanadi.
Bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish qiymati jismoniy 
eskirishni aniqlashga doir normativ hujjatlardan foydalanish asosida, xizmat 
muddati uzoq va qisqa elementlar bo‗yicha alohida hisoblanadi. 
Xizmat muddati, qoida tariqasida, yaxshilashning xizmat muddatiga 
teng bo‗lgan xizmat muddati uzoq elementlar bo‗yicha bartaraf etib 
bo‗lmaydigan jismoniy eskirish qiymatini hisoblash quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
- bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish darajasi yaxshilash 
haqiqiy yoshining uning umumiy jismoniy xizmati (foydalanish normativ 
muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi; 
- eskirishni hisoblash bazasi elementning tiklash qiymati (almashtirish 
qiymati) bilan uning bartaraf etib bo‗ladigan jismoniy eskirishi va xizmat 
muddati qisqa elementlarning qoldiq tiklash qiymati yig‗indisi o‗rtasidagi 
farq sifatida hisoblanadi; 
- bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish 
darajasining eskirishni hisoblash bazasiga ko‗paytmasi sifatida hisoblanadi. 
Xizmat muddati qisqa elementlar, ya‘ni yaxshilashning xizmat muddati 
mobaynida vaqti-vaqti bilan almashtirishni talab etadigan elementlar 
bo‗yicha bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish qiymatini hisoblash 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
- bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish darajasi elementlar 
haqiqiy yoshining ularning umumiy jismoniy xizmati (foydalanish normativ 
muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi; 


421 
- eskirishni hisoblash bazasi elementning tiklash qiymati (almashtirish 
qiymati) bilan uning bartaraf etib bo‗ladigan jismoniy eskirishi o‗rtasidagi 
farq sifatida hisoblanadi; 
- bartaraf etib bo‗lmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish 
darajasining eskirishni hisoblash bazasiga ko‗paytmasi sifatida hisoblanadi. 
Xizmat muddati qisqa elementlardan foydalanish muddatlari turli 
ahamiyatga molik binolar va inshootlarni ta‘minlash va ulardan 
foydalanishga doir tegishli ma‘lumot materiallari bo‗yicha olinadi. 
54.
Funksional eskirish qiymatini aniqlashda baholovchi bartaraf etib 
bo‗ladigan funksional eskirish va bartaraf etib bo‗lmaydigan funksional 
eskirishni hisoblaydi. Yaxshilash ayrim elementlarining yo‗qligi, yetarli 
emasligi yoki keragidan ortiqligiga qarab funksional eskirishning quyidagi 
tiplari hisoblanadi: 
- yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar 
omili sanalgan elementning yo‗qligi bilan bog‗liq va mavjud yaxshilashlarda 
yetishmayotgan elementni o‗rnatish xarajatlari bilan baholash sanasidagi 
yangi qurilishda mazkur elementni yaxshilashlarga o‗rnatish xarajatlari 
o‗rtasidagi farqqa teng bo‗lgan bartaraf etib bo‗ladigan funksional eskirish; 
- yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar 
omili sanalgan elementning yo‗qligi bilan bog‗liq va sof operatsion daromad 
yo‗qotishlarining joriy qiymatlari bilan yaxshilash elementining yo‗qligi 
bilan bog‗liq har qanday xarajatlar yig‗indisiga teng bo‗lgan bartaraf etib 
bo‗lmaydigan funksional eskirish; 
- ko‗chmas mulk obyektining iste‘mol xossalarini pasaytiradigan 
yaxshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur 
elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati va 
uni demontaj qilish xarajatlarining qaytariladigan materiallar qiymati 


422 
chegirib tashlangan yig‗indisiga teng bo‗lgan bartaraf etib bo‗ladigan 
funksional eskirish; 
- ko‗chmas mulk obyektining iste‘mol xossalarini pasaytiradigan 
yaxshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur 
elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati, sof 
operatsion daromad yo‗qotishlarining joriy qiymatlari va yaxshilashning 
keragidan ortiq elementi mavjudligi tufayli qilingan xarajatlar bilan mazkur 
element mavjudligi bilan bog‗liq iqtisodiy samaraning joriy qiymati 
o‗rtasidagi farqqa teng bo‗lgan bartaraf etib bo‗lmaydigan funksional 
eskirish; 
- yaxshilashlarning foydalanishga yaroqli bo‗lgan, lekin bozorning 
hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki 
modernizatsiya qilishni talab etadigan bartaraf etib bo‗ladigan funksional 
eskirish. 
Yaxshilashlarning 
almashtirilayotgan 
yoki 
modernizatsiya 
qilinayotgan elementlarining ularning jismoniy eskirishi chegirib tashlangan 
qiymati, mazkur elementni demontaj qilishning qaytariladigan materiallar 
qiymati chegirib tashlangan xarajatlari va mavjud yaxshilashlarda 
yetishmayotgan elementlarni o‗rnatish xarajatlari bilan baholash sanasidagi 
yangi qurilishda mazkur elementni yaxshilashlarga o‗rnatish xarajatlari 
o‗rtasidagi farq yig‗indisi sifatida hisoblanadi; 
- yaxshilashlarning foydalanishga yaroqli bo‗lgan, lekin bozorning 
hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki 
modernizatsiya qilishni talab etadigan va sof operatsion daromad 
yo‗qotishlarining joriy qiymatlari bilan yaxshilashlarning ma‘naviy eskirgan 
elementlari mavjudligi tufayli qilingan xarajatlar yig‗indisiga teng bo‗lgan 
bartaraf etib bo‗lmaydigan funksional eskirish. 
55.
Tashqi (iqtisodiy) eskirish qiymati, mavjud axborot xususiyatiga 
qarab, quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi: 


423 
- juft ma‘lumotlarni tahlil qilish usuli bilan; 
- ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli bilan. 
Tashqi eskirishni juft ma‘lumotlarni tahlil qilish usuli bilan hisoblashda 
baholovchi ko‗chmas mulk obyektlarining sotuvlariga doir axborotni tashqi 
eskirishga ega bo‗lgan ko‗chmas mulk obyektlari va tashqi eskirishga ega 
bo‗lmagan ko‗chmas mulk obyektlarining narxlarini taqqoslash yo‗li bilan 
tahlil qiladi. 
Tashqi eskirishni ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli bilan 
hisoblashda baholovchi: 
- ijaraga oid zararlarni aniqlash uchun bozor ma‘lumotlarini tahlil 
qiladi; 
- baholash obyekti qiymatining pasayishini ijaraga oid zararlarni 
kapitallashtirish yo‗li bilan hisoblaydi; 
- hisoblangan qiymatning pasayishini baholash obyektining elementlari 
– yer uchastkasi va yaxshilashlar o‗rtasida taqsimlaydi. 
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar o‗zgarmas xususiyatga ega 
bo‗lishini prognoz qilgan bo‗lsa, ularni kapitallashtirish to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
kapitallashtirish usuli bilan amalga oshiriladi. 
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar vaqtinchalik xususiyatga ega 
bo‗lishini prognoz qilgan bo‗lsa, ularni kapitallashtirish pul oqimlarini 
diskontlash usuli bilan amalga oshiriladi.

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish