tadqiqotlari, muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari o'z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yo'llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir: — ilg'or texnologiya va zam onaviy uskunalardan foydalanish; — xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qo'llash; — asosiy fondlardan samarali foydalanish; — aylanm a mablag'lar aylanishini jadallashtirish; — mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo'llash; — m enejm ent fani va am aliyotining ilg'or yutuqlaridan foyda lanish; — mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish va boshqalar. Qisqa xulosalar
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining ish faoliyati ularning m oliyaviy faoliyati bilan chambarchas bog'liq. M oliyaviy holat korxonaning har tom onlam a faoliyati natijalarini aks ettiradi.