bizning falonchi qo‘shnimiz, kam oylik olsa ham hech
kimdan qarzdor bo‘lmaydi, kiyimlari but, yemoq-ichmog‘i
bajo». U bilmaydiki, o'sha qo'shni oqilona ish tutib, o‘z
mablag‘ini to‘g‘ri hisoblab, pulini joy-joyiga sarflashni
o ‘rganib olgan.
Aslida ortiqcha pul bo‘lishining imkoniyati yo‘q, Chunki
iste’mol va talabning chegarasi bo'lmaydi. Iste’molning
bemalolligi shundaki, bunda ovqatlanish, kiyinish, madaniy-
maishiy buyumlarga hamda xo‘jalik mollariga, barcha
ne’matlaming eng a’lo navlariga talab to‘la qondirilgan bo‘-
ladi.
Binobarin, bunda eng muhimi har bir kishi o‘z mab-
lag‘ini tajab-tergab joy-joyiga sarflay olishidir. Ko‘pchilik esa
bunday qilishni bilmaydi. Misol uchun musiqa ishqibozlarini
olaylik, bular o‘z mablag‘larini asosan radio, audio va video
apparatlari, magnit lentalar, videokassetalar sotib olishga
Do'stlaringiz bilan baham: |