40
O’zbekiston Respublikasi FA olimlari ko’proq fundamental fanlar sohasida ilmiy
izlanishlar olib borsalar, amaliy tadqiqot fanlari bilan esa ko’proq respublika oliy o’quv
yurti ilmiy potentsialiga ega bo’lgan professor-o’qituvchi olimlar shug’ullanadilar.
Respublikadagi iqtidorli olimlarning katta qismi oliy o’quv yurtlarida ishlaydilar. Oliy
maktab ilmiy bo’limlarida respublika ilmiy potentsialining 60 foizidan ko’prog’ini
tashkil etadi. Ular xalq xo’jaligiga mutaxassislar tayyorlash bilan birga ilmiy tadqiqot
ishlari ham olib borishadi.
“Bizning fundamental fanlar bilan shug’ulanadigan 40 ga yaqin ilmiy-tadqiqot
muassasalarimiz bor”, degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. 1995 yil 3 aprelda
Vazirlar Maxkamasi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi
to’g’risida”gi qarorini tasdiqladi. Bu Nizomga muvofiq 2000 yillargacha O’zFA
haqiqiy a`zoligiga yoshi 65 dan oshmagan muxbir a`zolaridan va fan doktorlaridan
saylandi. O’zFA muxbir a`zoligiga esa 60 yoshdan oshmagan fan doktorlari saylandi.
Haqiqiy a`zolar va muxbir a`zolari 70 yoshga to’lganda, O’zFA haqiqiy a`zosini
saylash uchun ko’shimcha o’rinlar ochildi. O’zbekiston FAning 118 a`zosi bor (2006).
Akademiya muassasalarida 5300 ga yaqini ilmiy xodim, 360 fan doktori va 860 fan
nomzodi ishlaydi (O’zME Davlat ilmiy nashriyoti, – T.12. 2006.-387-391-b. ). 2007
yilda O’zbekistonda 63 ta oliy o’quv yurti, shu jamladan 17 universitet, FA, IIA, QXA,
MA, 120 dan ziyod ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikaning
ilmiy tadqiqot majmui akademiya, oliy ta`lim va boshqa tarmoqlardagi 350 dan ortiq
muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot
bo’linmalari, loyha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va
tajriba korxonalari, axborot – hisoblash markazlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda 34
mingdan ortiq ilmiy xodim fanning turli tarmoqlarida faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan
2,4 ming kishi fan doktori va 8,4 ming kishi fan nomzodidir (2006).
O’zbekiston o’zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo’lib, uning tarkibida
ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli
faoliyat ko’rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, issiqlik fizikasi,
astrofizika, geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy
birikmalar kimyosi, seysmologiya yo’nalishlarida va boshqa ko’plab sohalarda
istiqbolli tadqiqotlar olib borlimoqda
16.
Do'stlaringiz bilan baham: