sotsiologiyaning eng asosiy funktsiyalaridan biri nazariya va amaliyotning
birligidir.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko’pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga
yo’naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo’naltirilganligi shunda namoyon bo’ladiki, u
ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi haqidagi ilmiy asoslangan ma`lumotni ishlab
chiqishga qodir. SHu holatda sotsiologiyaning
oldindan aytib berish funktsiyasi
namoyon bo’ladi.
Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarini
rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega. Sotsial rejalashtirish
ijtimoiy tizim qanday bo’lishidan qat`iy nazar hamma mamlakatlarda rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |