Suqrot (er.av 470–399).
U hakda Aflotuning «Suqrotni alqab» asari mavjud, uni
faqat shu asar orqali bilish mumkin. Sababi, Suqrot yozgan asarlar bizgacha etib
kelmagan. U omma orasida ijtimoiy fikrlari bilan dong’i ketgan, obro’ topgan
mutafakkir hisoblanadi . Suqrot «Husndorlar o’z husnlariga dog’ tushirmaslik uchun,
xunuklar esa o’z xunukligini aql-zakovatini tarbiyalash bilan bezamoq uchun tez-tez
ko’zguga qarab tursinlar», deydi. U xotiniga «Biz yashamoq uchun eymiz, boylar esa
ovqat emoq uchun yashaydilar» degandi. Suqrotning ijtimoiy qarashlarini yana
quyidagi fikrlardan bilsa bo’ladi: “Har qanday yomonlikning ildizi nodonlikda»,
«Haqiqatni o’zingdan izla». «Haqiqatga bahs orqali erishish mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |