Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


IV.III. Begonalashuv va tanazzul, uning ijtimoiy oqibatlari



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

IV.III. Begonalashuv va tanazzul, uning ijtimoiy oqibatlari 
 
Hozirgi jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish 
mumkin: 
1. Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.
Bu begonalashuv turlari o’zlarining ma`lum bir shakllariga egadirlar. Masalan, 
iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega:
1. Faoliyatdan begonalashuv. 2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashish. 3. 
Faoliyat natijalaridan begonalishish.
Siyosiy begonalashish
siyosiy hokimiyatdan 
begonalashishdan; 
madaniy begonalashish
muloqatdan; ijtimoiy begonalashish 
insonlarning bir-biridan; psixologik begonalashuv o’z-o’zidan begonalashishdan iborat 
bo’ladi. 
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog’liq hodisalardir. Agar 
jamiyatda ishlab chiqarish sur`atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning 
qadri tushib ketib, narxlar tez sur`atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan 
chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga 
uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy ta`sir qilishi, 
ba`zi tartiblar kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, 
tanazzul ham shunchalik, chuqurlashib boraveradi. Masalan, iqtisodiy sohada ishlab 
chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun 
qo’yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan 
ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari 
shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan 
uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o’z mehnati natijasidan begonalashib boradi. Endi bu 
ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm 
ta`limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga endi 
64
Inson taraqqiyoti to`g`risida hisoboti. – Т.: “O`zbеkiston”. 1997. 43-b. 


151 
bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy 
amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat 
ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik revolyutsiya 
mantig’iga ko’ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta urushi kerak edi. 
Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. 
Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Chunki davlat 
mulki o’zining real egasiga ega emas. U bir mavhum tushuncha edi. Mehnat kishisi esa 
yana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga 
aylanib, bu nomenklaturani «yangi» sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida 
ishlab chiqarish o’zining haqiqiy egasini topa olmadi. 
Siyosiy jabhada
ham siyosiy hokimiyatdan jamiyatning ko’pgina a`zolari 
begonalashtirildilar. Ya`ni, siyosiy hokimiyat xalq hokimiyati, umumxalq hokimiyati, 
deb e`lon qilingan bo’lsada, aslida u ma`lum bir guruhning - elitaning xususiy mulkiga 
aylandi. Buning asosida esa butun bir xalq davlat siyosiy hokimiyatdan begonalashdi va 
bu begonalashgan omma bilan nomenklatura orasida ulkan jarlik paydo bo’ldi. O’z 
navbatida bu jarayonlar siyosiy tanazzulga olib keldi va bu tanazzul tufayli tashqi 
dushman enga olmagan totalitar davlat o’z-o’zidan parchalanib ketdi. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish