Sotsial-etnik munosabatlar
Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi.
Insoniyat xilma-xil sotsial
etnik birliklardan tashkil topgan. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakatlarda 2
mingdan ortiq millat, elat va qabilalar yashamoqda.Ularning so’zlashadigan tillari esa 5
mingdan ortiqni tashkil etadi. Ammo mana shu tillardan 2 mingtasidan ko’prog’ida
yozuvlar yo’q.
Jamiyatning sotsial-etnik tarkibini tadqiq qilish sotsiologiyaning maxsus
sohasi bo’lib, u etnosotsiologiya deb ataladi. Sotsiologiyaning bu sohasi jamiyatning
sotsial tarkibiy tuzilishidagi millatlar, xalqlar, elatlar, guruhlarning sotsial rivojlanish
masalalarini o’rganadi. Ularning sotsial-iqtisodiy, sotsial-siyosiy, ma`naviy-
mafkuraviy, madaniy, ta`limiy, diniy va boshqa o’ziga xos qadriyatlarini tadqiq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |