Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy – sinfiy munosabatlar ham
muhim o`rin tutadi. O`tgan davirda asosan, ikki sinf - ishchilar va
dehqonlar sinfi va intеlligеntsiya qatlami mavjud dеb ko`rsatilib, jamiyat
ijtimoiy tarkibidagi boshqa guruhlarning ahamiyati mutlaqo tilga
olinmas edi.
Ijtimoiy tarkibda hududiy yo`nalish ham mavjud bo`lib, u mintaqaviy,
viloyat, shahar, qishloq, mahalla kabi hududiy birikmalarni o`z ichiga
oladi.Bu tarkibiy birlikda ayrim olingan hudud doirasida sotsiologik tadqiqot
olib borish talab qilinadi. So`ngi yillarda bu masalaga jiddiy qaralmoqda.
Ayniqsa, shahar, qishloq, mahallaga oyid muammolarni o`rganish zaruriyati
ortmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |