67
ko‘rinishidir. Ikkinchi navbatda, norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Ular hudud (territoriya) yaqinligi asosida (qo‘shnilar),
qiziqishlarning bir xilligi asosida (turli xil kolleksiya yig‘uvchilar), psixofiziologik
hususiyat birligi asosida (tengdoshlar, bolalarning o‘yin guruhlari), shaxsiy mayl
asosida paydo bo‘ladi.
Norasmiy guruh a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar aniq ifodalangan shaxsiy
sifatlarga ega. Bu aloqalar rasmiy guruhdagi aloqalarga nisbatan a'zolar uchun
ahamiyatliroqdir. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar
munosabati faqatgina birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini ko‘proq
birga
o‘tkazishlari, ko‘p uchrashishlari, bir-biriga o‘zaro yordam berishlari bilan ham
belgilanadi.
Norasmiy guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, ularda rasmiy saylangan
martabali shaxslar; nizomlar, kun tartibi va aniq rasmiy maqsad bo‘lmaydi,
guruhda
tartib an'anaga, hurmat va obro‘, munosabatlariga asoslanadi. Biroq norasmiy guruhlar
har doim o‘ziga xos ahloqiy kodekslarga ega emas. Norasmiy guruhlar rasmiy
guruhlarga qaraganda ancha beqaror, ularga a'zo bo‘lish uchun aniq chegara yo‘q.
Norasmiy guruhlarda tashkilot yo‘q desak xato qilgan bo‘lamiz. Ularni
birlashtiradigan asosiy omillar bo‘lib, a'zolar manfaatlari, mayllari, odatlari hisoblanadi.
Norasmiy tashkilotning o‘ziga xos tomoni — unga norasmiy liderning va guruhga
yaqin bo‘lgan shaxsiy hususiyatlarning bo‘lishidir.
Agar rasmiy guruh a'zolarining faoliyati qayd qilingan norma va qoidalar, xatto
sanksiyalar
vositasida nazorat qilinsa, norasmiy guruhlarda esa norasmiy norma va
an'analar yordamida amalga oshiriladi. Bu norma va an'analar mohiyati guruhning
jipslik darajasiga, uning boshqa sistemalar bilan munosabatiga bog’liq. Ba'zi norasmiy
guruhda faoliyat qoidalari buzilgan taqdirda, aybdor shafqatsiz jazolanadi: masalan,
banda, mafiyalarda bunday jazo usullari qo‘llaniladi.
Shunday qilib, norasmiy guruh deb, guruh jipsligining yuqori darajasi, a'zolar
aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial
strukturalardan mustaqilligi, guruh
faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi bilan
xarakterlanadigan guruhga aytiladi.
Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish nisbiy xarakterga ega. Guruh
rasmiy guruhga aylanishi mumkin. Masalan, do‘stlar ma'lum bir tashkilot tuzishlari
mumkin. Boshqa tomondan bir vaqtning o‘zida guruh ham rasmiy, ham norasmiy
bo‘lishi mumkin. Masalan, sinfdoshlar, kursdoshlar.
Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxsning yaqinligiga ko‘ra,
kichik guruhlar
birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadn. Fanga birlamchi guruh terminini birinchi
bo‘lib amerikalik sotsiolog Ch. Kuli tomonidan XX asrning boshlarida kiritilgan.
Birlamchi guruh termini yaqinlik yaxshi ko‘rishlik, bevosita aloqa tushunchalariga
sinonim sifatida ishlatiladi. Shunga bog‘liq ravishda, birlamchi guruhlarda muhit
samimiy bo‘ladi va a'zolarning sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Mana shu hususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi.
Birlamchi guruhlarning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: a'zolar sonining
kamligi, guruh a'zolarining hududiy yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar,
yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a'zo bo‘lishning
erkinligi va a'zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat.
68
Shunga muvofiq, «birlamchi guruh termini turli ko‘rinishdagi
kichik guruhlarni
aniqlash va «ikkilamchi guruh» terminiga qarama-qarshi tarzda qo‘llaniladi.
Birlamchi guruh eng avvalo oiladir, guruhni birinchi navbatda a'zolarning
manfaatlari bog‘laydi.
Bunday xarakterga ega insonning bolalik va o‘smirlik chog‘idagi tengdoshlar
guruhiga ham ega, qo‘shnilar, mahalla ham birlamchi guruhga aylanishi mumkin.
Birlamchi guruhlar rasmiy aloqaga ega emas. Agar birlamchi guruh a'zolari o‘rtasida
rasmiy aloqalar paydo bo‘lsa, bu guruh kichik rasmiy guruhga aylanganligini bildiradi.
Birlamchi guruhning shaxsga ta'siri katta ahamiyatga ega. Ular a'zolarining axloqiy
tomonini shakllantiradi va yangilaydi, mustahkamlaydi. Bu guruhlarda kishilarning
birinchn sotsializatsiyasi (ijtimoiylashuvi) amalga oshadi, kishilar o‘zlarinint xislari va
xatti-harakatlarini jamiyat talabiga muvofiq keladigan tarzda shakllantirishadi.
Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har
qanday
turdagi guruhlarga aytiladi, Ularda moddiy alqoqalar muhim aqamiyatga ega.
Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman, ikkilamchi
guruhlar — bu katta guruhlardir. Ba'zan birlamchi guruhlar ham ikkilamchi guruh
bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish
mumkin.
Referent va a'zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o‘rganishning jihatlaridan biri
bo‘lib, «referent guruh» deb ataladigan guruhlarni tahlil qilish hisoblanadi. «Referent
guruh» termini amerikalik sotsial psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan.
«Referent guruh» termini (inglizcha so‘z, «mansub bo‘lish» degan ma'noni anglatadi)
individ ongli ravishda; kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy kasbiy)
nisbatan ishlatiladi.
Shaxsning «guruh normalariga» munosabati belgilariga muvofiq guruhlar referent
guruhlar yoki «etalonli» (o‘lchovli) guruhlarga bo‘linadi. Referent guruhlar ham kichik
guruhlar, ham katta guruhlar — sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: