1.2. Qо„qon xonligi tarixshunosligining davrlashtirilishi masalalari
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо„y berishidagi
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli
davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga
turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan
chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri
xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim
vazifalardan sanaladi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak
yо„q” nomli asarida tarixchilarimiz oldiga bir qator ilmiy nazariy va amaliy
dolzarb muammolarni tadqiq etish vazifasini qо„yilib, О„zbekistonda о„troq
madaniyatning vujudga kelishi va rivojlanishi, о„zbek xalqining kelib chiqishi
tarixi va shakllanish bosqichlarini tarixiy manbalar asosida ilmiy konseptual
tadqiq etish, о„zbek davlatchiligining kо„p asrlik tarixi va shakllanishining
tarixiy bosqichlarini tadqiq etish va ayniqsa tarix ilmini zamonaviy talablar
darajasida rivojlantirish masalalari alohida kо„rsatib о„tildi.- “Modomiki, о„z
tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bо„lmas ekan, biz
haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan
qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor
qurollantirish zarur”.
58
Tarix fani tadqiqotlarida tadqiqot obyektining tо„g„ri tanlanishi va
tadqiqotchi tomonidan tadqiqotning eng maqbul va samarali usullarining qо„llay
olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qо„qon xonligi tarixini о„rganish XIX asrning
о„rtalaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e‟tiborini о„ziga jalb qilib
kelmoqda. Xonlik tarixini о„rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim
vaqtlarda tarixiy jarayonlar va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо„l
qо„yildi. Xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik
58
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. 22-б.
26
nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda
mavzuning о„rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yо„nalishi, davr va boshqa
xususiyatlariga kо„ra bir necha guruhga bо„lib kо„rib chiqish talab etiladi.
59
Birinchi asosiy davrga XIX asr 30-yillaridan XX asrning dastlabki о„n
yilliklarigacha, ya‟ni Turkistonning mustamlaka davrida yaratilgan asarlarni
kiritish mumkin. Bunda ayniqsa rus sharqshunoslarining mehnati salmoqli о„rin
egallaydi. Rus sharqshunoslari tomonidan Qо„qon xonligi tarixini о„rganish XIX
asrning о„rtalaridan boshlandi. Bungacha xonlik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
hayoti haqida asosan chor armiyasi harbiylari va elchilik aloqalari orqali, turli
yо„llar bilan olingan ma‟lumotlar umumiy ma‟lumotlar tarzida tо„plangan. XIX
asrning о„rtalarida va ayniqsa ikkinchi yarmida yaratilgan tarix asarlarida,
esdaliklarda, tavsifnoma va josuslik xizmati hisobotnomalarida xonlikning asosan
sо„nggi davr tarixi yoritib berilgan. Shundan kelib chiqib, bu davr
tarixshunosligining о„zini ikki qismga ajratish mumkin.
60
Birinchi qismida, ya‟ni XIX asrning 50-60 - yillarigacha yaratilgan asarlar
Rossiya imperiyasining о„zbek xonliklarini bosib olish maqsadidagi harbiy
bosqinchiligini amalga oshirish vaqtida foydalanish uchun yig„ilgan ma‟lumotlar
bо„lsada, xonlikning shu davrgacha bо„lgan umumiy ahvoli haqida qimmatli
ma‟lumotlarni bugungi kungacha yetib kelishini ta‟minladi. Bunday asarlar
qatoriga F.Nazarov,
61
N.I.Potanin,
62
V.V.Velyaminov-Zernov,
63
M.N.Galkin,
64
A.Maksheyev
65
hamda A.Nurekin
66
kabilarning asarlarini va maqolalarini kiritish
mumkin.
59
Илҳомов З. Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. Т. 2007. 9-б.
60
О„sha joyda.
61
Назаров Ф. Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии. С.-Пб., -1821; Также:
Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии. - М.: Наука, 1968. - 76 с.
62
Записки о Кокандском ханстве хорунжего Потанина (1829-1830 гг.) // Туркестанский сборник. -
Т.389; // Военный журнал. С.-Пб. 1831. № 4-5. –С.35.
63
Вельяминов-Зернов В.В. Исторические известия о Кокандском ханстве от Мухаммед-Али до
Худаярхана. -С.-Пб.: 1856. -С.327-371; Сведения о Кокандском ханстве // Вестник Русского
Географического общества. –С.-Пб. 1856. Т. 18. -С.108-151.
64
Галкин М.Н. Краткая записка об исторических правах России на кокандские города Туркестан и
Ташкент // Русский вестник. 1856. №5. Туркестанский сборник. Т.6.
65
Макшеев А. Показания сибирских казаков Милюшина и Батыришкина, бывших в плену у
кокандцев с 1849 по 1852 гг. // Вестник Русского Географического обҳества. –Ч.17 (II). –С.-Пб.
1856. -С.20-32.
27
Bu mualliflar asarlaridagi asosiy xususiyat shundaki, ular rus tarixchilari
yoki tadqiqotchilari uchun deyarli noma‟lum bо„lgan Qо„qon xonligi haqida, uning
aholisi, urf-odatlari, hududlari va chegaralari, harbiy ahvoli va boshqalar yuzasidan
asosan ilk axborotlarni tо„plaganlar ma‟lumot tarzida yetkazib berganlar.
Shuningdek, bu asarlarda keyingi davrlarda yuzaga kelgan «buyuk davlatchilik»
g„oyalarini bо„rttirib kо„rsatish kabi holatlar sezilmaydi.
67
Mustamlaka davri tarixshunosligining ikkinchi davrida, ya‟ni XIX asrning
ikkinchi yarmida yaratilgan asarlarda xonlikning sо„nggi davrlari ichki va tashqi
siyosati, harbiy ahvoli, xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va
tugatilishi voqealari keng ma‟lumotlar asosida yoritib berilgan. Bu asarlardagi
ma‟lumotlar voqealarning bevosita ishtirokchilari va ayni zamonda yashagan
olimlar tomonidan yoritilganligiga qaramay, ularda Rossiya imperiyasi
mustamlakachiligi manfaatlariga mos ravishda, buyuk davlatchilik nuqtai
nazaridan yondashilganligini kо„rish mumkin. Masalaga bunday konseptual
yondashuvning asosiy sababi bir tomondan buyuk davlatchilik qarashlari bо„lsa,
ikkinchi tomondan podsho tuzumining ta‟siri edi. G.A.Ahmadjonovning ta‟kidlab
о„tishicha, “mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy
tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta‟qiqlari sababli” mumkin
emas edi.
68
Biroq, bu ma‟lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy о„rganish foydadan
xoli emas.
О„rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda
yashovchi xalqlar uchun «juda foydali bо„lganligi» hamda Rossiya О„rta Osiyoga
«sivilizatsiya olib kelganligini» zо„r berib kо„rsatishga urinish asosan harbiylar
uchun juda xususiyatli bо„lgan. Ular orasida M.A.Terentyev tomonidan yozilgan
uch jildlik «Zavoyevaniya Sredney Azii» asari boshqa mualliflarning asarlariga
nisbatan voqealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida о„rin
65
Макшеев А. Показания сибирских казаков Милюшина и Батыришкина, бывших в плену у
кокандцев с 1849 по 1852 гг. // Вестник Русского Географического обҳества. –Ч.17 (II). –С.-Пб.
1856. -С.20-32.
66
А.Нурекин. Очерки истории Коканда с 1841 по 1864 гг. // Туркестанские ведомости. 1871,
сентябрь.
67
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 9-б.
68
Ахмеджанов Г.А. Российская империя в Центральной Азии. – Т.: Фан, 1995. – 137 с.
28
tutadi.
69
Bunda muallif chor Rossiyasining faqatgina XIX asr ikkinchi yarmidagi
harbiy yurishlarini emas, balki XVIII asr boshlarida О„rta Osiyo hududlariga
qilingan harbiy yurishlar tarixiga ham keng о„rin beradi. M.A.Terentyev voqelarni
bir tomonlama, ya‟ni chor imperiyasining manfaatlari nuqtai – nazaridan yoritadi.
Bunda asosan podsho armiyasi askarlarining jang faoliyatlari voqealar tafsilotining
markazida turadi. U boshqa mualliflarga nisbatan mahalliy tarixchilar asarlaridan
foydalanish imkoniyatiga kо„proq ega bо„lsada, ularga masalaning asosiy
manbalari sifatida qaramaydi.
70
YE.T.Smirnov
tomonidan
yozilgan
«Sultani Kenisari i Sadik
(bibliograficheskiye ocherki)» nomli asarda Qozog„iston hududlarining chor
qо„shinlari tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashgan Kenisari sulton, Janubiy
Qozog„iston hududlari, Toshkent himoyasi, Buxoro amirligi hamda Xiva
xonligining chor Rossiyasi qо„shinlariga qarshi olib borgan kurashlarida
sarkardalik faoliyati bilan mashhur bо„lgan Sulton Sodiq haqida qimmatli
ma‟lumotlarni berib о„tadi. Muallif har ikki sarkarda haqida ma‟lumotlarni
mahalliy manbalar asosida tahlil etib beradi. Shuningdek, ushbu asardan Qо„qon
xonligi ichki siyosatiga aloqador ma‟lumotlar bilan birga xonlikning chor
Rossiyasi harbiy bosqinchiligiga qarshi kurashlari tarixi va tarixiy shaxslar
haqidagi qimmatli ma‟lumotlar keltirib о„tilgan.
71
N.I.Veselovskiyning
«Киргизский рассказ о русских завоеваниях в
Туркестанском крае»
nomli asari mahalliy tarixchi Mullo Holiboy
Mambetovning «О„rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg„on
futuxotlari» asari asosida yozilgan va rus tiliga tarjima qilib, ayrim voqealar
muallif tomonidan tahlil etilgan. Ushbu asar Qо„qon xonligining chor Rossiyasiga
qarshi 1853 yildan 1865 yillargacha olib borgan kurashlari haqidagi qimmatli
ma‟lumotlarni о„z ichiga olish bilan birga xonlikning ichki siyosati va xonlik
69
Терентьев М.А. История завоевании Средней Азии. – СПб., 1906.
70
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 18-б.
71
Смирнов Е.Т. Султаны Кенисара и Садык. -Т.: Тип С.И.Лахтина, 1889;
29
boshqaruvida alohida о„rin tutgan tarixiy shaxslar haqidagi ma‟lumotlar о„rin
olgan.
72
Yana shuni alohida ta‟kidlab о„tish joizki, V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy,
A.Zimin О„rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini mahalliy
tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni, ularda bu masalaga bildirilgan
munosabatlarini о„rganib, xolis yondashilgandagina obyektiv baho berish
mumkinligini alohida ta‟kidlab о„tganlar.
73
Shu jihatlari bilan bu olimlar
tomonidan yozilgan bir qancha asarlar о„zining ma‟lum darajada obyektivliligi
bilan ajralib turadi, bunda ular mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni
bevosita о„rganib va tahlil etib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganlar.
74
Qо„qon xonligi tarixi masalalariga bag„ishlangan tadqiqotlarning ikkinchi
asosiy davrni sovet davri tarixshunosligi tashkil qiladi. Sovet hokimiyatining
dastlabki yillaridan XX asrning 40-50 - yillarigacha bо„lgan vaqt mobaynida sobiq
ittifoqqa birlashtirilgan mamlakatlarda fanning barcha sohalarida sotsialistik tuzum
va kommunistik mafkura ta‟siri kuchayib bordi. Tarix fani sohasida amalga
oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar kommunistik mafkura tamoyillari asosida
yо„naltirilgan bо„lib, ularda partiyaviy-siyosiy ta‟sir va bosim ostida sovet ijtimoiy
fanlari sohasiga xos bо„lgan metodologik noxolisliklar ustunlik qiladi.
Bu davr mobaynida fan sohasida birmuncha yuutuqlar qо„lga kiritilgan
bо„lsada, XX asrning 50-yillariga kelib sobiq Sovet Ittifoqi markazining milliy
masalalar borasidagi siyosatining kuchayishi, xususan «yagona sovet xalqini»
shakllantirish borasidagi mafkuraviy siyosati fan sohasiga, jumladan tarix fani
sohasiga ham katta ta‟sir о„tkazdi. О„rta Osiyo davlatlari tarixining milliy
xususiyatlarini chuqur о„rganish va ommalashtirish cheklab qо„yildi. Ayniqsa,
chor Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga
aylantirishi masalasida obyektivlik jihatlari kamaydi. XX asrning 80-yillari
о„rtalariga kelib, sobiq ittifoqda «qayta qurish» jarayoni boshlanishi bilan
72
Веселовский Н.И. Киргизский рассказ о русских завоеваниях в Туркестанском крае / Текст,
перевод и приложения. – Спб., 1894;
73
Веселовский В. Киргизский рассказ о русских завоеваниях в Туркестанском крае. -С. 7-9.
74
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 20-б.
30
oshkoralik va demokratiya tamoyillari yuzaga chiqa boshladi. Tarix fani sohasida,
ayniqsa, chor Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga
aylantirish borasida ilmiy jihatdan asoslangan va kommunistik mafkuradan holi
bо„lgan fikrlarni bildirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi.
75
Yuqoridagilarga asoslangan holda, Sovetlar davri (1917-1991 yy.)
tarixshunosligini, garchi u umumiy yaxlitlikni tashkil etsada, masalaga bо„lgan
yondashuv xususiyatiga asosan uch qismga bо„lish mumkin.
Birinchi qismi Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan XX asrning 50-
yillari о„rtalarigacha bо„lgan vaqtni о„z ichiga oladi. Bu davrda A.F.Kalujin,
A.Baymurzin, G.A.Plyashko, A.Popov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotlarda va tarix kitoblarida Qо„qon xonligi tarixi va chor Rossiyasi
tomonidan uning mustamlakaga aylantirilishi masalalari qisman avvalgi davr
tadqiqotlari an‟analarini davom ettirgan holda, ya‟ni voqealarni manbalar va arxiv
hujjatlari asosida deyarli obyektiv ravishda yoritishga harakat qilganlar.
76
Qо„qon xonligi tarixi masalalarini yoritishda bir tomonlama, «buyuk
davlatchilik
shovinizmi»
nuqtai
nazaridan
yondashuvni
Sovet
davri
tarixshunosligining ikkinchi qismida yaqqol kо„rish mumkin. Bu davr XX asrning
50-yillaridan 80-yillarning о„rtalarigacha bо„lgan vaqtni о„z ichiga oladi.
XX asrning 50-yillaridan boshlab Rossiya imperiyasining О„rta Osiyoni
«bosib olishi» iborasi о„rniga sun‟iy ravishda «qо„shib olishi» iborasi ishlatila
boshlandi. Mazkur jarayon 1955 va 1959 yillarda О„rta Osiyoning 1917 yilgacha
bо„lgan tarixiga bag„ishlangan birlashgan ilmiy anjumanlardan sо„ng yanada avj
oldi. Ularda rasmiy ravishda О„rta Osiyoning chor Rossiyasi «qо„shib olinishi»,
mahalliy xalqlarning imperiya tarkibiga «ixtiyoriy» ravishda «qо„shilganligi»ning
75
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 22-б.
76
Калужин А.Ф. Из истории завоевания Узбекистана царской России // Труды Узб. гос. ун-та.
Самарканд. 1939. Т.16. С.109; Баймурзин А. Из истории захвата царизмом Большой и Средней
Орды. // Изв. Каз филиала АН СССР. Серия история. Алма-Ата. 1940. -Вўп.I. -С.95; Пляшко Г.А. К
истории русско -английских отношений в Средней Азии. Дисс … канд.ист.наук. -Кировоград,,
1953; Попов А. Из истории завоевания Средней Азии. -М.- Л. Наука, 1940.
31
«progressiv natijalari» ta‟kidlab о„tildi.
77
Aynan shu vaqtdan boshlab amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda maqola va asarlarda masalaga xolis, ilmiylik
va tarixiylik nuqtai nazaridan obyektiv yondashuvga tо„la amal qilish kamaydi. Bu
holni XX asrning 50-80 yillarida tadqiqot olib borgan aksariyat tarixchilarning
asarlarida kuzatish mumkin.
Jumladan,
bu
davrda
K.Usenbayev,
S.Sagatov,
S.T.Tileuqulov,
L.D.Dergachyova,
R.Beknazarov,
A.X.Xasanov,X.SH.Inoyatova,
N.Xalfin,
R.Nabiyev, H.Z.Ziyoyev,
O.Bо„riyev va A.О„rinboyev hamda boshqalarning ilmiy
tadqiqotlarida Rossiya imperiyasi tomonidan о„zbek xonliklarining bosib olinishi
voqealari ancha batafsil, manbalar hamda arxiv hujjatlari asosida yoritib berilgan
bо„lsada, kommunistik mafkura tazyiqi va senzurasi ta‟sirida masalaning asl
mohiyatini ochib berishda tо„sqinlikka uchradilar va ayni vaqtda chor
Rossiyasining О„rta Osiyoni bosib olinishining «progressiv axamiyati»ga ham
alohida urg„u berishga majbur bо„ldilar.
78
Tarixshunoslik masalalarining bu bosqichidagi tarixiy tadqiqotlar orasida
X.Z.Ziyayev,
X.SH.Inoyatov,
R.N.Nabiyev,
A.Popov,
N.A.Xalfin
kabi
tadqiqotchilarning asarlari alohida о„rin tutadi. О„rganilayotgan mavzu yuzasidan
ularning amalga oshirgan eng katta xizmatlari mavzuga aloqador ma‟lumotlarni
tо„plash va sistemalashtirish, yangi manbalarni ilmiy muomalaga kiritish Qо„qon
xonligining XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy – siyosiy hayoti hamda xonlikda
sodir bо„lgan tarixiy jarayonlar va chor Rossiyasining harbiy bosqinichiligi
masalalarini chuqur ilmiy tahlil qilish bilan belgilanadi. Bularning barchasi
о„rganilayotgan muammo yuzasidan tarixiy bilimlar saviyasining ortishiga xizmat
qildi. Biroq, mavjud totalitar tuzumning partiyaviy – siyosiy mafkurasi ta‟siri va
ta‟qiqlari tufayli mazkur olimlar ham о„z ishlarida tarixiy voqelikni asl holida
kо„rsatib berishda tо„sqinlikka uchradilar.
77
Материалы объединенной научной сессии, посвяҳенной истории Средней Азии и Казахстана в
дооктябрьский период. – Т., 1955; Материалы объединенной научной сессии, посвященной
прогрессивному значению присоединения Средней Азии к России. – Т., 1959.
78
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 22-б.
32
Sovet davri tarixshunosligi haqida fikr bildirar ekan, Prezident I.A.Karimov
shunday degan edi: -“Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman.
О„zgalar yozib bergan tarixni о„qitishga mutlaqo qarshiman”.
79
R.N.Nabiyevning «Iz istorii Kokandskogo xanstva (Feodalnoye xozyaystvo
Xudoyorxana)» nomli monografiyasi xonlik iqtisodiy va ijtimoiy, jumladan siyosiy
tarixining eng muhim jihatlarini yoritib beradigan va bu davrda mahalliy
tarixchilarning asarlari asosida yozilgan diqqatga sazovor asar bо„lishiga
qaramasdan, markazning О„zbekiston tarixiga bо„lgan cheklash siyosati ta‟sirida
undan foydalanish ta‟qiqlab qо„yildi. Asar sovet davri tarixiy tadqiqotlari doirasida
amalga oshirilgan bо„lib, unga ham shu davr tarixiy tadqiqotlar uchun ayrim
umumiy metodologik xususiyatlar xos bо„lsada, biroq muallif tomonidan xonlik
tarixiga oid bо„lgan kо„plab mahalliy tarixchilar asarlari, arxiv hujjatlari asosida
mukammal tadqiqotni amalga oshiriladi. Biroq bunday mukammallik podsho
Rossiyasi mafkuraviy qarashlaridan saqlanib qolgan hamda sovet davridagi
mavjud partiyaviy – siyosiy tamoyillariga asoslangan «chorizmning О„rta Osiyoga
sivilizatsiya olib kelganligi»ga zid bо„lganligi uchun monografiya qatag„onga
uchradi.
80
Biroq bu bilan yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar asarlarining ilmiy
qiymati pasaymaydi va ularni tarixni о„rganishda yaroqsiz deb hisoblash mutlaqo
notо„g„ri bо„ladi. Aksincha, ularda keltirilgan qimmatli ma‟lumotlar va tarixiy
tahlillarni chuqur о„rganib, ayrim hollarda tanqidiy yondashib ilmiy xulosalar
chiqarilishi bugungi kun tarixshunosligida muxim axamiyat kasb etadi. Sovet
davri, shuningdek chor Rossiyasi mustamlakasi davri tarixshunosligini ilmiy
jihatdan sinchiklab о„rganish, xaqqoniylik va xolislik, obyektivlik va tarixiylik
tamoyillariga amal qilgan holda ilmiy asoslangan nazariy xulosalar chiqarish
tarixchilar oldidagi о„ta muhim vazifadir.
Sovet davri tarixshunosligining uchinchi qismi XX asrning 80 -yillari
ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. 80 - yillarning oxirlariga kelib masalaga obyektiv,
79
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т:, “Шарқ”, 1998. 9-бет.
80
Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 23-б.
33
tarixiylik nuqtai-nazaridan yondashish kuchayib bordi. Tarixchi olimlardan biri
Z.H.Ziyoyevning tashabbusi bilan 1990 yil о„tkazilgan «Turkistonning Rossiya
tomonidan bosib olinishi» mavzusidagi ilmiy anjuman masalaga tubdan yangicha
yondashuvga asos yaratdi. Buni о„sha yillardayoq olim tomonidan e‟lon qilingan
bir qancha maqolalarda ham kuzatish mumkin.
81
H.N.Bobobekov ham о„zining bir qator ilmiy maqolalarida chor
Rossiyasining О„rta Osiyoni bosib olishi masalasiga doir dolzarb masalalarni
kо„tarib chiqadi.
82
«Qayta qurish» siyosati davom etib turgan 1989 yildayoq u
о„zining «Rossiya О„rta Osiyoni bosib olganmi?» hamda «О„rta Osiyo Rossiyaga
qо„shib olinganmi?» nomli ikki maqolasida arxiv hujjatlari va ayrim mahalliy
tarixchilar asarlari asosida О„rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan
harbiy zо„ravonlik va bosqinchilik yurishlari orqali bosib olganligini isbotlab
berdi.
83
H.N.Bobobekov о„zining bu ilmiy qarashlarini
«Народные движения в
Кокандском ханстве и их социально-экономические предпосылки»
nomli
monografiyasida ham davom ettirdi.
84
Ushbu olimlarning bu yillarda yaratgan ilmiy xulosalari haqli ravishda shu
vaqtgacha О„zbekiston tarixiga nisbatan hukm surgan mafkuraviy tazyiqni rо„yi-
rost ochib tashladi va tarixni obyektiv va xolislik nuqtai nazaridan о„rganishga
bо„lgan munosabatning yuzaga kelishiga turtki bо„ldi.
Qо„qon xonligi tarixi tarixshunosligining uchinchi asosiy davrini
О„zbekiston mustaqilligining qо„lga kiritilishi va mustaqillik yillarida yaratilgan
ilmiy asarlarni va tadqiqotlar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, SH.H.Vohidov,
G„.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova va boshqalar tomonidan Qо„qon xonligi va
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi tarixiga bag„ishlangan bir qancha ilmiy
81
Зияев Х.З. «К истории завоевания узбекских ханств». // Общественные науки в Узбекистане. -
1990. №2; «Завоевания Бухарского и Хивинского ханств». // Общественные науки в Узбекистане.
-1990. -№8.
82
Бобобеков Ҳ.Н. Россия Ўрта Осиѐни босиб олганми? // Фан ва турмуш, - 1989, - 8-сон; Ўрта
Осиѐ Россияга қўшиб олинганми? // Фан ва турмуш, - 1989, -10-сон.
83
Ўша жойда.
84
Бабабеков Х.Н. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально – экономические и
политические предпосилки (XVIII – XIX вв). Дисс … д-ра ист. наук. - Т. - 1991. 302 с
34
tadqiqot ishlari
amalga oshirildi va asarlar yaratildi.
85
H.Z.Ziyoyevning
«Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash»
86
asari keyingi
yillarda nashr etilgan ishlar orasida о„zining mukammalligi bilan alohida о„rin
tutadi. Asarda Qо„qon xonligi tarixining ayrim jihatlarini yoritish bilan birga
Rossiya
imperiyasining
О„rta
Osiyo
xonliklariga
harbiy
yurishlari,
mustamlakachilikning о„rnatilishi va uning mohiyati, milliy istiqlol uchun
kurashgan vatanparvarlar faoliyatiga ham keng о„rin ajratadi.
H.N.Bobobekov о„z ilmiy tadqiqot ishlarida XIX asr ikkinchi yarmida
Qо„qon xonligida yuz bergan milliy ozodlik harakatlari va ularning sabablari va
natijalarini yoritishga katta ahamiyat bergan.
87
SH.H.Vohidov о„z ilmiy tadqiqot ishida Qо„qon xonligi tarixshunoslik
maktabining shakllanishi va xususiyatlari hamda manbalar tahliliga boshqa
tadqiqotchilarga nisbatan kengroq tо„xtalib о„tadi.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |