Mavzu amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana29.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#418780
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
3. Fizik-kimyoviy modellar

biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy


vositalar bilan qaygadan hosil qilishdir.
4. Iqtisodiy modellar
taxminan XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening „Iqtisodiy
jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini
ko‘rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan
foydalanidadi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari
yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandl
ik, iste‘mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini taxlil qilish, uni oldi
ndan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda k
ichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modell
a rdan foydalaniladi.
Biologik hodisalarniig matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayo
nning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni tahkidlash kerakki, bunday jarayonl
arni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba‘zan juda qiyin kechadi. Matematik va mate
matik-mantiqiy modelning
yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishi
ga qulay sharoit tug‘diradi.
30. Fizik jarayonlarni matlab muhitida modellashtirish. 
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik xisoblarni 
avtomatlashtirish 
 
tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa
tizimning nomi — MATrix LABoratory- matritsaviy laboratoriyada O’z aksini
topgan. Matritsalar murakkab matematik xisoblarda, jumladan, chiziqdi algebra
masalalarini echishda va dinamik tizimlar hamda ob`ektlarni modellashda keng
ko’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob`ektlarning xolat tenglamalarini 
avtomatik 
 
ravishda tuzish va echishning asosi bo’lib xisoblanadi. Bunga MATLABning
kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin.
Xozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan
chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi.
Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to’plangan
matematik xisoblashlar bo’yicha ajribani o’zida mujassamlashtirgan va uni
grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uygunlashtirilgan. MATLAB tizimi
ilova kilinadigan katta xajmdagi xujjatlar bilan birgalikda EXMni matematik
ta`minlash bo’yicha ko’p tomli ma`lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini
bajarishi mumkin.


MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chikkan va 70-yillarda yndan
katta EXMlarda keng foydalanilgan. Math Works Inc firmasining mutaxassisi
Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh
klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik
MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar
bo’yicha jaxondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb kilingan. Xozirgi 
vaqtda 
 
tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni echishda
foydalanuvchilarni an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan
va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta`minlashdir.
31. Matlab muhitida dasturash asoslari 
Matlab tizimida dasturlash kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va ushbu til tipik 
interpretator bo‘lib hisoblanadi, ya’ni dasturning har xil instruksiyasi darhol taniladi va 
bajariladi. Hamma instruksiyalarni, ya’ni to‘liq dasturni kompilyasiya qilish etapi mavjud 
emas. Matlab bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‘rinishida 
mavjud bo‘ladi. Dasturlarning ishlashi uchun Matlab muhiti zarur. Lekin Matlabda 
yozilgan dasturlarni C va C++ dasturlash tillariga translayasiya qiluvchi kompelyatorlar 
yaratilgan. Ular Matlab muhitida tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga 
aylantirish masalasini hal qilish imkoniyatini beradi. Matlab tizimi uchun kompilyatorlar 
mustaqil dasturiy vositalardir. 
SHuni esda tutish kerakki, Matlabning hamma insruksiyalari ham kompilyasiya 
bo‘lavermaydi, ya’ni kompilyasiyadan oldin bunday dasturni qayta ishlash talab qilinadi. 
Kompilyasiya qilish natijasida dasturlarning bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi 
mumkin. 
Matlabda quyidagi toifadagi ma’lumotlardan foydalaniladi: 
-sonli toifa; 
-qatorlar va simvollar; 
-ob’ektlar (matritsalar); 
Sonli toifadagi berilgan ikki xil: haqiqiy va kompleks sonlar bo‘lishi mumkin. Haqiqiy 
sonlar xuddi matematikadagi kabi ishlatiladi. Butun va kasr qismlari nuqta(.) bilan 
ajratiladi. Kompleks sonlar esa, avval eslatganimizdek a+ib yoki a+bi ko‘rinishida 
yoziladi, bu erda a va b mos ravishda kompleks sonning haqiqiy va mavhum qismlari 
deyiladi, i-belgi (yoki i, j) mavhum birlikni bildiradi(i^2=-1). Kompleks sonni bildiruvchi 
i belgi b ning chap yoki o‘ng tomoniga probelsiz yozilishi kerak, aks holda Matlab tizimi 
xatolik beradi. 
Umuman, ixtiyoriy toifadagi son matritsalarni, vektorlarni yoki skalyar miqdorlarni 
elementlari (qiymatlari) bo‘lishi mumkin. Xotirada barcha sonlar ikki karrali aniqlikdagi 
son ko‘rinishida saqlanadi. Sonlar aniqlangan oraliqlarning chegaralari hamda mashina 
aniqligi tizim o‘zgaruvchilari eps, realmax va realmin orqali beriladi. 
Matlabda apostroflar ichiga joylashtirilgan simvollar ketma-ketligi qator deb tushiniladi. 
Qatorlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: 


a=’Matlab’ 
b=’function’ 
Bir nechta qatorlarni birlashtirish uchun xuddi vektor va matritsalar kabi ([…]) kvadrat 
qavslar ishlatiladi. Masalan, 
str1=[‘This’,’is’,’string’], 
str2=[‘Sistema’,’Matlab’] 
kabi ifodalar mos ravishda quyidagi simvolli qatorlarni beradi. 
str1=‘This is string’ 
str2=‘Sistema Matlab’ 
Ob’ekt(matritsa)lar haqida avvalgi darslarimizda etarlicha ma’lumotlar berilgan. 
Qatorlarni hosil qiluvchi va ularga ishlov beruvchi Matlabning ba’zi 
funksiya(komanda)larini keltirib o‘tamiz: 
o
blanks(n)- n ta probeldan iborat qatorni bildiradi; 
o
num2str(n)-haqiqiy sonni qatorga aylantiradi; 
o
deblanks(s)- s qatordan kerak bo‘lmagan probellarni yo‘qotadi; 
o
index(s,t)- s qatorda t qator ostining birinchi marta ko‘rinishi holatini chiqaradi. Agar qator osti 
bo‘lmasa nolni chiqaradi; 
o
randex(s,t)- s qatorda t qator ostining oxirgi marta ko‘rinishi holatini chiqaradi. Agar qator osti 
bo‘lmasa nolni chiqaradi; 
o
strcmp(s1,s2)- 1 ni chiqaradi agar s1, s2 qatorlar bir xil bo‘lsa, aks holda 0 ni chiqaradi; 
o
strrep(s,x,y)- x qator ostining s qatorga barcha kirishlarini y qatorga kirishga almashtiradi; 
o
bin2dec(s)- qator ko‘rinishida tasvirlangan ikkilik sistemasidagi songa mos o‘nlik sistemasidagi 
sonni chiqaradi; 
o
dec2bin(n)- o‘nli sistemasidagi manfiy bo‘lmagan songa mos ikkilik sistemasidagi sonni qator 
ko‘rinishida chiqaradi; 
32. Matlab muhitida dasturlash tilining boshqaruv 
konstruksiyalari 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish