yo`nalishlari bo`yicha shug`ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan
ta`minlanish darajasini yuqoriga ko`tarish dolzarb muammolardan biridir.Hozirgi vaqtda
professional matematik paketlardan foydalanishni yo`lga qo`yishda quyidagi tavsiya etish
mumkin:
26. Matematik paketda dasturlash asoslari.
Matematik dasturlash fani xo’jalikni ratsional boshqarish printsipini o’rgatadi. Bu
erda dasturlash so’zi qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida bajariladigan
ishlar rejasini
anglatadi. Matematik dasturlashga iqtisodiyotdagi ekstremal masalalarni o’rganuvchi va
ularni yechish usullarini yaratuvchi matematikaning bir yo’nalishi deb qarash odat tusiga
kirgan. Matematika nuqtai nazaridan o’zgaruvchilarga ma’lum (chiziqli yoki chiziqsiz)
cheklanmalar qo’yilgan ko’p o’lchovli funktsiyaning maksimum va minimumini topish
masalasi umumiy nom bilan matematik dasturlash masalasi deb ataladi.
Matematik dasturlashning predmeti korxona, firma, bozor, ishlab chiqarish
birlashmasi, harbiy xizmat ob’ektlari va boshqa iqtisodiy jarayonlarni tasvirlovchi
matematik modellardan iborat bo’ladi. O’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning asosiy
xossalarini matematik munosabatlar yordamida tasvirlash tegishli iqtisodiy jarayonning
matematik modelini qurish deyiladi. Iqtisodiy jarayonning birinchi modeli frantsuz olimi
F.Kene (1764- 1774) tomonidan yaratilgan. U 1758 yilda «Iqtisodiy jadval», 1766 yilda
«Arifmetik formula» nomli asarlarini chop etgan. F.Kene o’z asarlarida jamiyatda takror
ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini matematik model shaklida ifodalagan.
«Matematik dasturlash» masalasining modelini umumiy xolda quydagicha ifodalash
mumkin.
27. Fizik jarayonlarni
kompyuterda modellashtirish
faniga kirish. Komyuterda modellashtirish – ilmiy bilish
Usuli
Fizikadan amaliyotlarni tashkil qilishdagi asosiy masalalardan biri
talabalarning dars
jarayonidan
, tajriba jarayonidan yetarli fizik ma’lumotlarni olishlaridir. laboratoriya
ishlarida tajribalari natijasida qurilmalartni tayyorlash va ishlatish murakkab bo’lgani
uchun ko’p bo’lmaydi. Olingan tajriba natijalaridan fizik xulosalar chiqarish uchun
ma’lumotlarni qayta ishlash kerak bo’ladi. Matematik qayta ishlash esa har bir
laboratoriya shi uchun kerak bo’ladi [6].
Oxirgi yillarda keng ko’lamda rivojlanayotgan hisoblash mashinalari fizik jarayonlarni
matematik modellashtirishda, natijalarni qayta ishlashda va boshqa ishlarga juda qo’l
keladi [7].
EHMlarni yuqoridagi masalalar bo’yicha qo’llashga quyidagi yo’nalishlarni ajratish
mumkin.
Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish usuli yordamida tuzilgan algoritm asosida
va
ekranda namoyish qiladigan, tajriba natijalarini qayta ishlaydigan dasturlar yaratish.
Bunday dasturlar o’tilgan ma’ruzalardan foydalanib, formula yordamida turli
jarayonlarni matematik modellashtirishda grafik elementlardan foydalanib jarayonlarni
ekranga nomoyish qilishi mumkin.
Fizik jarayonlarni bir marta parametrlarning biror bir qiymatiga tajriba qilib, qolgan
parametrlarning boshqa qiymatlarida esa kompyuterda nomoyish qilish mumkin. Bunda
ham vaqtdan yutiladi, ham material tejaladi.
Tajriba natijalarida qayta ishlash va tuzilgan matematik model fizik jarayonni qanchalik
to’g’ri aks ettirayotganini aniqlash mumkin. Shuningdek bir laboratoriya ishini bir necha
marta qaytarib so’ng olingan natijalarni statistik qayta ishlash ham mumkin.
Tekshiruvchi va baholovchi dasturlarni tuzishning yaxshi tomoni shuki talaba yoki
o’quvchiga biror savolga javobni bir qancha variantlar ichidan tanlash mumkin. Bunda
talabaga javob berishga mustaqil fikrlash vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.
Bunday dasturlarning ya’na bir
yaxshi tomoni shundan iboratki, talaba yoki o’quvchi
javob berishdan oldin ham bunday dasturlar yordamida mashq qilishi mumkin. Savollarni
shunday tuzish mumkinki, ular mavzularni
barcha mazmunini qamrab olsin
, shu tariqa
savollar soni ham oshadi, ularga tayyorgarlik barobarida o’quvchi ham bu mavzularni
to’laroq o’rganib boradi.
O’rgatadigan dasturlar dasturlar mantiqiy dasturlar bo’yicha
katta imkoniyatlarga ega
bo’lishi uchun kattaroq xotiraga ega bo’lgan EHMlarni talab qiladi. Bunda mavzuni
o’quvchiga tushunarli qilib yetqazishda ma’ruza matnlaridan virtual stendlardan unumli
ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
28. Kompyuter eksperimenti dasturiy ta`minoti
Bu darsda kompyuterninga dasturiy ta’minoti haqida tushuncha bilan tanishasiz.Dastruriy
ta’minotga
kiruvchi operatsion sistema
, sistemali dastrular va amaliy dasturlar haqida
umumiy tushunchalarga ega bo’lasiz.Shu bilan birga dastrulash tillari haqida ma’lumotlar
olasiz.
Kompyuter axborotni qayta ishlashi uchun unga ishini qanday va qay tartibda bajarishini
aniq va ravshan ko’rsatish lozim bo’ladi.Bu kabi “tushuntirish” dastur
ko’rinishida
amalgam oshirilib
,u axborotni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan barcha
amallarni keraklicha to’liq va ravshan ko’rsatadi.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti- bu kompyuterda ishlatiladigan dasturlar majmuasidir.
Dasturli ta’minot kompyuterni boshqarishdan tashqari axborotni to’plash,qayta ishlash,
saqlash va uzatish bilan bog’liq barcha amal- larning bajarilishini ta’minlaydi.
Zamonaviy kompyuterning dasturli ta’minoti ancha katta hajmli va turli-tuman bo’lgani
sababli,uning asosiy qismi tezkor xotirada saqlanadi.
Dastruli
ta’minot
asosan
uch
guruhga
bo’linadi:
Operatsion
sistemalar
;
Sistemali
boshqarish dasturlari
;
Amaliy dasturlar.
Operatsion sistemaning
asosiy vazifasi kompyuter
ishlashini boshqarish
,shu jumladan
amaliy va sistemali boshqarish dasturlarini bajarishni o’z ichiga oladi.U kompyuterning
tezkor xotirasida joylashgan bo’ladi.Operatsion sistemalar kompyuter xiliga bog’liq
bo’lib,bir turdagi kompyuterning operatsion sistemasi boshqa turdagi kompyuterlarga
mos kelmasligi mumkin.
Sistemali boshqarish dasturlari kompyuterning turli holatlarda ishlashini ta’minlaydi.Bu
dasturlarning
assiylari tezkor xotirada
,qolganlari tashqi xotirada joylashgan bo’ladi.
Sistemali dasturlarga “Yo’lboshlagich” (Проводник) ni misol qilib olish
mumkin.Bundan tashqari dasturlarni sistemali ravishda ishini boshqaradigan “Total
Commander” (Total Komander) dasturi foydalanuvhchilarga keng imkoniyatlar yaratgan.
Amaliy dasturlar axborotni qayta ishlashda qo’llaniladi.Ular opertsion sistema va
sistemali dasturlarga qaraganda ko’proq joyni egallaydi.Amaliy dasturlar odatda tashqi
xotirada saqlanadi.Bu dasturlar ijrochi buyurtmasiga ko’ra
dasturchilar tomonidan
tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda insonga dastur tuzishga yordam beruvchi bir necha dasturlash
tillari mavjud.Dasturlash tillari,qo’llanishi bo’yicha,asosan
ikki xil
,ya’ni ma’lumturdagi
kompyuterga mo’ljallangan yoki ma’lum bir toifadagi masalani hal qilishga
mo’ljallangan bo’ladi.Hozirda keng tarqalgan dasturlash tillariga quyidagilar misol
bo’ladi:
29. Fizik jarayonlarni modellashtirish muhiti va
usullari
Do'stlaringiz bilan baham: