Power Point
- bu grafik dasturlar paketi bo‘lib,
elektron slaydlarni tayyorlash
, ular bilan
tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish,
tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z
ichiga matnni
, sarlavhalarni, grafik
va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun
mo‘ljallangan materiallar.
Dizayn qolipi - professional tomonidan oldindan
tayyorlab quyilgan grafiklar
, bo‘yoqlar,
jilolar, tovushlar namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‘plam bo‘lib, prezentatsiyalar
uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini
oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft
Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir.
U grafik axborotlar
, slaydlar, ovoz,
video
kliplar
, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu
dastur yordamida slaydlarni kullab ma’ruzalar tashkil qilish
va ularni maxsus
plyonkalarga
, qog’ozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish
etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarqatish uchun ma’ruza konspektlarni va
boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Faraz
qilaylik
, bizning firmamiz o‘z mahsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmoqchi.
Albatta buning uchun mahsulotingiz to‘g’risida qiziqarli gaplar aytishimiz kerak bo‘ladi,
ya’ni ko‘pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa
qilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to‘g’risida va hokazo. Boshqacha qilib
aytganda, biz ishonchli
va salmoqli sherik ekanimiz
, ish jarayonida biz va buyurtmachilar
orasida hech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to‘g’risida auditoriyada ishonch hosil
bo‘lishi kerak.
11. Elektron jadvalda ishlash asoslari.
Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy
masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor
ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli
masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi.
Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-
ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur
Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi
aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar
uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining
yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining
birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin
yulduziga aylandi.
Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik
rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi.
1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok
muvaffakiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan
EXCEL
dasturi
taqdim etildi, u xozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur
ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va
saqlash
imkonini beribgina qolmasdan
, balki qilgan ishingiz natijasini bezash,
ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.Bunda Win Word
dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.
EXCEL
ning ommaviy
imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning murakkabligi va
imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin,
binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish
mumkin.
EXCEL
bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir.
Undan ishbilarmonlar,
o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi
ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini xisobga olish
biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish,
prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas,
YeХSEL
qulay elektron jadvaldir.
Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi
yaxshi
tekst protsessordek
, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni,
qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda rangli printer
bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va
diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin.
Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha
oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta
o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash
prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan
xolatdagi
EXCEL
sistemasidan qidirishimiz mumkin.
12. Elektron jadvalda formulalar va asosiy funksiyalar.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval
yachеykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi.
Boshqa qismlari esa har hil arifmеtik amallar va boshlang‘ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli
amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki
o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan.
Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular
faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumot larni qayta ishlashni
avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy
buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish,
murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini
topish mumkin va x.k.
Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:
- elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish;
- elektron jadvallarni bezash va chop etish;
- formulalar orqali bolangan ko‘p
jadvalli funksiyalar yaratish
;
- diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;
- elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni so‘rovga
muvofiq tanlash;
- jamlovchi
va yakuniy jadvallar yaratish
;
- jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish;
- «nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning параметрlarini birma-bir tanlash yo‘li bilan
yechish;
- optimizatsiya masalalarini yechish
- ma’lumotlarni
statistik qayta ishlash
;
- slayd-shou yaratish;
- makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va x.k.
- Jadval protsessorlari asosan bajaradigan funksiyalari to‘plami va interfeysning qulayligiga ko‘ra
farqlanadi. Shuning uchun faqat keng tarqalgan dasturiy mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz.
PC Data of Reston firmasini ba’olashiga ko‘ra, personal kompyuterlar uchun eng ommaviy bo‘lgan
Excel (Microsoft firmasi), Lotus 1-2-3 (Lotus Development firmasi) elektron jadvallari va Quattro Pro
(Word Perfect – Novell Aplications Group firmasi) jadval protsessorlaridir.
Agar 1982 yili yaratilgan Lotus 1-2-3 elektron jadvali elektron jadval yaratuvchilar uchun etalon
bo‘lgan bo‘lsa, hozirda paytda u o‘zining peshqadam o‘rnini yo‘qotdi. «Home PS» jurnali
labaratoriyasining o‘tkazgan testi natijalari Excelning ko‘p параметрlari bo‘yicha yaqqol ustunligini
ko‘rsatdi. Lotus 1-2-3 ning yagona ustunligi – uning ishlashi ishlash tezligi, lekin u ham sezilarli emas.
Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo‘nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar tomondan turlicha
aniqlangan.
Elеktron jadval yachеykalariga uch hil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
—
sonli ifodalar
;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, bеlgi, izoxlarni o‘z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bеvosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» bеlgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yachеykaga kiritilgandan kеyin
shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yachеykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada
foydalanilgan sonlardan yoki bеlgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi
ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib bеradi.
EXCELning asosiy ishlov bеrish ob'еkti hujjatlar (dokumеntlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari
(dokumеntlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kеngaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda
bunday fayllar «Ishchi kitob» dеb ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elеktron jadvallarni
o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» dеb ataladi. Ular bir ishchi varaq o‘z
nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL
dasturini ishga
tushirish
zarur. Ishchi kitobning tarkib elеmеntlaridan
biri ishchi varaq
, ya'ni elеktron jadval
hisoblanadi.
Elеktron jadvalning asosiy elеmеntlari esa yachеyka va diapazonlardir.
Yachеyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kеsishmasi oralig‘ida
joylashgan elеmеntdir. Yachеyka kеsishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan
ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kеsishmasida joylashgan
yachеyka — A4 dеb nom oladi. Yachеykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni
joylashtirish mumkin.
Bir nеcha yachеykalardan tashkil topgan guruh diapazon dеb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish
uchun uni tashkil etgan yachеykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yachеykalar manzillari olinib, ular
ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yachеykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning
manzilini bilish shart emas, lеkin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
13. Elektron jadvalda matematik, statistik va matnlar bilan ishlash funksiyalari
1.
ta’limiy maqsad: o’quvchilarda MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash
mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha Excel funksiyalar to’plamidagi 400 dan ortiq
funksiyalardan matematik,
mantiqiy
, statistik, matnli funksiyalarni mashqlar yechishda qo’llay
bilish bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
2.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni
sog’lom raqobat muxitida puxta muomala madaniyatini shakllantirish.
3.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda Ms Excelda matematik amallar va funksiyalarni
qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha
mashqlarda matematik
, mantiqiy, statistik,
matnli funksiyalarni mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlarini rivojlantirish.
1.
Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?
Javob: 1-Elektron jadval dasturi Visi Calc nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-
yilda ishlab chiqarilgan.
Elektron jadvalning asosiy vaifasinimadan iborat?
Javob: Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta
ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Qanday elektron jadvallar nomlarini bilasiz?
Javob: Super Calc, Multiplan, Fremework, Simphony, Works, 1S-Buxgalteriya, Master, MS Excel va
boshqalar.
Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar haqida so’zlab bering.
Javob: Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqdagi ustunlar soni 256 ta
bo’lib, ular lotin alifbosining bosh
harflari bilan tartiblanadi
, satrlar 65536 ta bo’lib, 1 dan to 65536
gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.
Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi qanday?
Javob: Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi - .xls
Sonning absolyut qismini hisoblaydigan funksiya nomi?
Javob:
ABS(X)
КОРЕНЬ(son) funksiyasining vazifasi?
Javob: Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi
ОСТАТ(son;b’luvchi) funksiyasininf vazifasi?
Javob: Sonni bo’luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi.
СТЕПЕНЬ(son;daraja ko’rsatkichi) funksiyasining vazifasi?
Javob: Sonni darajaga ko’taradi
ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda 1; ifoda 2) funksiyasining vazifasi?
Javob: Agar funksiyadagi mantiqiy ifoda qiymati rost bo’lsa, natija ifoda 1 ga , yolg’on bo’lsa ifoda 2
ga teng bo’ladi.
Sonning eng katta qiymatini aniqlaydigan funksiya qaysi?
Javob:
Do'stlaringiz bilan baham: |