Bog'liq ozon qatlamida sodir bolayotgan ozgarishlarni geoekologik oqibatlari
Ozon qatlamini himoya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari (aktlari). Yerning ozon qatlamini muhofaza qilish
masalalari mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari qatoriga kirgan.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1999- yil 20 -oktabrda 469-sonli
―1999-2005- yillarda O’zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish
bo’yicha harakatlar Dasturi to’g’risida‖gi Qaror qabul qilndi. Xalqaro
hamkorlikni chuqurlashtirish doirasida faoliyatning muhim yo’nalishlaridan biri-
Vena konvensiyasi va Monreal Protokoli bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni OYEMlarni ishlatishni to’xtatish
bo’yicha Milliy dasturni amalga oshirish asosida bajarishdir.