9-bob. Erkin muomalaga chiqarish (import)
55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona
hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu
yerda erkin muomalada qoladi.
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Bojxona to‘lovlari to‘langan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar
erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida
erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |