343-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida tovarlarni garovga
qo‘yishga doir talablar
Tovarlarni garovga qo‘yish bojxona organi va kafolat shartnomasi bo‘yicha to‘lovchi
yoki boshqa shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi garov to‘g‘risidagi
shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan
bo‘lishi kerak.
Garovga qo‘yuvchi garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf
etishga haqli.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |