v) tovarlarni to‘g‘ri deklaratsiyalash, shu jumladan:
bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash;
tovarlarni
O‘zbekiston
Respublikasi
Tashqi
iqtisodiy
faoliyatining
tovar
nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun to‘g‘ri tasniflash;
tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni to‘g‘ri ko‘rsatish;
tovarlarning miqdorini to‘g‘ri ko‘rsatish;
tovarlarning bojxona qiymatini to‘g‘ri aniqlash;
g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan hujjatlarni hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni bojxona organiga o‘z vaqtida
taqdim etish;
d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya,
fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonun
hujjatlarida belgilangan hollarda tekshirish;
e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish;
j) tovarlarni jo‘natuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan
shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
mustasno;
z) vakolatli shaxsga bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish;
i) bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgarganligi, buzilganligi, yo‘q qilinganligi yoki
yo‘qotilganligi, idishlari va o‘rovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va
boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishiga taalluqli
bo‘lgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojxona organlarini zudlik bilan
xabardor qilish;
k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona
rasmiylashtiruvi uchun bojxona ko‘rigini o‘tkazishda bojxona organining talabiga ko‘ra ishtirok
etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(287-moddaning birinchi qismi “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi
O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y.,
03/18/494/1992-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(287-moddaning birinchi qismi “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi
O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y.,
03/18/494/1992-son)
Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha
mutaxassis:
bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojxona organining talabiga ko‘ra
taqdim etishi;
tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan
tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish bo‘yicha shartlarga va
cheklovlarga rioya etishi;
deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘zi
mustaqil olib o‘tganidagi kabi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi shart.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning zimmasida qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: