144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga
nisbatan qo‘llaniladigan bojxona rejimlari
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi ma’lum qilinmagan, tijorat
maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan
paytdan e’tiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona
rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan
joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. Bunda mazkur transport vositasini vaqtincha olib kirish
bojxona rejimiga yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasi olish
talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |