Miyada qon aylanishning o‘tkir buzilishini davolash (MQAO‘B)
MQAO‘B ning nodifferentsial va differentsial terapiyasi tafovut qilinadi.
Nodifferentsial (bazis) terapiya MQAO‘Bning barcha turlarida, eng avvalo KT yoki MRT
ma‘lumotlari tashxisni hali tasdiqlanmaganda qo‘llaniladi.
Nodifferentsial (bazis) terapiya quyidagi asosiy tamoyillar
bo‘yichа o‘tkaziladi:
1
Hayotiy muhim a’zolar funtsktsiyasini korrektsiya qilish:
- respirator yordam nafasni engillashtirish, nafas yo‘llarini shilliq, qusuq
qoldiqlaridan tozalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunga tana holatini o‘zgartirish, og‘iz va
burundan havo yuborish bilan erishiladi, zarurat bo‘lganda intubatsiya o‘tkaziladi;
- yurak-tomir sistemasi faoliyatini me‘yorlashtirishga qaratilgan terapiya: AB
pasayganda (80/60 dan past), kristalloid yoki kolloid eritmalardan foydalaniladi. Izotonik
eritma natriy xlorid eritmasi, poliglyukin, albumin, kortikosteroidlar (prednizolon 120-
150 mg,deksametazon 8-12 mg), vazopressorlar (dopamin 50 mg 20 ml izotonik
eritmada, noradrenalin, metazon) dan foydalaniladi. Qon bosim past bo‘lganda doimo
miokard infarkti ehtimolini nazarda tutish kerak. Qon bosimi oshganda uni ibtido
raqamidan 25% ga tushiriladi (180 мм. simob ustunidan past bo‘lmasligi kerak). Dibazol
(0,5% 5-10 ml parenteral), rezerpin (0,25% - 1,0 mushak orasiga), benzogeksoniy (2%-1
ml), klofelin (0,01 %- 1 ml 10 mm fiziologik eritmada) oshib ketgan AB ni pasaytirib
bo‘lmaganda darhol ganglioblokatorlar ishlatiladi, pentamin 5%-0,5ml 20 ml fiziologik
eritmada (yoki nitroprussid natriy) venaga asta-sekin yuboriladi. Shuningdek,
miokardning qisqarish qobiliyatini yaxshilaydigan - strofantin, korglyukon (venaga
fizeritmada) qo‘llaniladi.
2 . Miya shishi va kalla ichi bosimi oshishiga qarshi kurashish:
-degidratatsion terapiya o‘tkazishda saluretiklar (furosemid) ва osmodiuretiklar
(mannit) qo‘llaniladi.
3.
Vazospazmga qarshi kurash:
-
shu maqsadda kaltsiy kanallarining blokatorlari (nimodipin, nipotop)dan
foydalaniladi.
4.
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash (reopiliglyukin, trental).
5.
gipoksiyagaqarshikurash (antigipoksantlar: miksedol,
актовегин, solkoseril,
mildronat).
6.
miyametobolizminiyaxshilash (fenotropil, tserebrolizin,
ноотропил, piratsetam).
7.
suv-elektrolit balansini va kislota - ishqoriy muvozanatni tutib turish (ayniqsa
behush bemorlarda):
-shu maqsadda elektrolitlar (fiziologik eritma, Ringereritmasi, kalsiy xlorid bir kunda 3g
gacha) venaga yuboriladi.
8.
gipertermiyaga qarshi kurash:
-tana harorati baland bo‘lganda litik aralashmalar buyuriladi (masalan, analgin,
promedol, pipolfen yoki analgin, novokain, dimedrol), magistral tomirlarga muzli xalta
qo‘yiladi, suv-spirtli eritma bilan badanni artiladi.
Differentsial terapiya MQAO‘B turiga bog‘liq bo‘ladi. Jaqon Sog‘liqni
saqlashning tavsiyasiga ko‘ra, agar tashxis KT va MRT ma‘lumotlari bilan
tasdiqlanmagan bo‘lsa, uni o‘tkazmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |