II. Yuza reflekslarni tekshirish:
1.
Qorin reflekslari:
yuqori qorin refleksi qorin terisini qovurg‘a ravog‘iga parallel
shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. O‘rta qorin refleksi qorin terisini gorizontal
kindik sathida shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Pastki qorin refleksi qorin terisini
chov burmasiga parallel shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Ta‘sirga javoban shu
tomondagi qorin mushaklari qisqaradi.
2.
Kremaster refleksi:
son ichki yuzasi terisini shtrixsimon chizishganda moyakni
ko‘taruvchi mushaklar qisqaradi.
3.
Kaft refleksi:
tovon tashqi cheti terisini shtrixsimon chizishganda tovon barmoqlarining
kaftga qarab bukilishi.
4.
Anal refleksi:
anal teshik sohasiga igna bilan suqilganda shu soha aylana mushagi
qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |