tractus rubrospinalis
tutamlari boshlanadi. Bu tutamlar ko‘ndalang -
targ‘il mushaklarga yo‘nalganligidan mushaklar tonusini ta‘minlaydi. Qizil o‘zak o‘z navbatida
miyachadagi tishsimon o‘zaklar bilan ham bog‘langan bo‘ladi. Shu sababdan qizil o‘zak muvozanat
saqlashni ta‘minlaydigan miyacha reflektor yoyini hosil etishda qatnashadi. Miya oyoqchalari
tarkibida melanin pigmentini saqlagan qoramtir moddalar -
substantia nigra
ham ko‘rinadi. Bu
hujayralar ekstrapiramidal tizimga tegishli bo‘lib, chaynash va yutish kabi murakkab vazifalarni
boshqarishda ishtirok etadi. Barmoqlar vositasida bajaraladigan nozik harakatlar ham shu
hujayralar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |