Miyacha
(
cerebellum
) ko‗prik va uzunchoq miya yuqori qismining orqa tomonida, orqa
kalla chuqurchasida yotadi. Yuqori tomondan katta miyaning ko‗ndalang yorig‗i
(
fissuratransversacerebri
)
miyachani yarimsharlarning ensa bo‗lagidan ajratib turadi. Miyacha
taraqqiyoti harakatni reflektor moslashtirish retseptorlari bilan bog‗liq ravishda o‗tadi va
mushaklar qisqarishini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. U ayrim mushaklarning
murakkab faoliyatini bir-biriga bog‗lab turadi va tana muvozanatini ta‘minlaydi. Bundan
tashqari unda vegetativ nerv tizimi markazlari (qon tomirlar harakati refleksi, teri trofikasi,
yaralarni bitish tezligi) joylashgan.
Miyachada ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular o‗zaro chuqur gorizontal yoriq
Do'stlaringiz bilan baham: |